O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan seshanba kuni mamlakatlar o‘rtasida do‘stona yordam almashildi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Turkmanistondan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz partiyasi yetkazildi, O‘zbekistondan qo‘shni mamlakatga 20 ta Volkswagen Caddy «Tez yordam» mashinalari jo‘natildi.

O‘zbekiston Energetika vazirligi suyultirilgan gaz partiyasi bepul taqdim etilganini bildirgandi. U yaqin kunlarda ehtiyojmand oilalarga bepul tarqatiladi.