Yakkabog‘ tumani hokimligi xodimi 5 mlrd so‘mlik tenderda yutishi uchun qurilish firmasi vakilidan 370 mln so‘m olayotgan vaqtda ushlandi. Tezkor surishtiruv harakatlari davomida ishga aloqador bo‘lgan maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimi ham qo‘lga olindi.
Turkiyaning «ŞA-RA ENERJĪ» va Xitoyning «Xian Electric Engineering» kompaniyalari Energetika vazirligining Toshkent hamda Sirdaryo viloyatlarida 213 kilometr va 72 kilometr uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish tenderlarida g‘olib bo‘ldi.
O‘zbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi. Xususan, Buxoroda Masdar kompaniyasi, Namanganda GD Power — Powerchina konsorsiumi va Xorazmda Voltalia kompaniyasi umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan stansiyalarni qurib, elektr energiyasini yetkazib bera boshlaydi.
Qashqadaryoda tashkil etilganiga 3 kun bo‘lgan firma jami 2 601 000 000 so‘mlik issiqxonalar o‘rnatish bo‘yicha tanlovda noqonuniy ravishda g‘olib bo‘lgani aniqlandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi holat yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, qayta tanlov o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Toshkent hokimligi Turkiyaning Outdoor Factory kompaniyasi nima uchun poytaxtdagi uchta davlat muzeyini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va pudratchilik ishlarini bajarish huquqini tendersiz olganini tushuntirdi.
14 mart kuni Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi o‘z bo‘limlarini kapital ta’mirlash uchun qiymati 621 mln so‘m bo‘lgan tender o‘tkazdi. Ushbu tenderda qatnashgan ikki korxona rahbarlari o‘zaro qarindosh bo‘lishi mumkin. «Gazeta.uz» tender ishtirokchilarining o‘zaro bog‘liqligini o‘rganib chiqdi.
Moliya vazirligi qoshidagi o‘quv markazi «Moliyachi ma’lumotnomasi» byulletenini chop etish uchun qariyb 700 mln so‘mlik tender e’lon qildi. Unda aka-ukaga tegishli ikkita firma qatnashgan, xolos. Moliya vazirligi «Gazeta.uz» taqdim etgan ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, ular tasdig‘ini topgan taqdirda, tender bekor qilinishini bildirdi.
Hukumat qarori bilan BHMning 6000 baravaridan (1 mlrd 620 mln so‘m) ortiq bo‘lgan qurilish ishlariga pudratchi tashkilotlarni aniqlash elektron tender orqali amalga oshiriladi. Qolaversa, BHMning 200 000 baravarigacha (54 mlrd so‘m) bo‘lgan loyihalar uchun tanlovlarda esa faqat qurilish amalga oshiriladigan hududda ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlargina qatnasha oladi.
Buyuk Britaniyaning Metito Utilities Limited kompaniyasi Namangan shahrida oqova suvlarni tozalash inshootlarini qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi. Loyiha qiymati 90 mln dollarga baholanmoqda. obyektdan erkin foydalanish uchun davlat yiliga 9 mln dollar to‘laydi.
Energetika vazirligi uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderning ilk bosqichida 15 ta xalqaro kompaniyadan ariza kelib tushganini ma’lum qildi. Loyiha Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtgacha bo‘lgan stansiyalarni qurishni nazarda tutadi.
Fransiya, Qatar va Yaponiyaning «EDF, Nebras Power, Sojitz Corporation» kompaniyalari konsorsiumi Sirdaryoda 1600 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasini quradi. IES 2025 yil o‘rtalarida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Jalb qilingan investitsiyalar hajmi 1,2 milliard dollarga baholanmoqda.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi binosi rekonstruksiyasi tenderida Discover Invest kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Loyiha qiymati 35,4 mlrd so‘mga baholanmoqda.
1 mln dona uzum ko‘chatini yetkazib berish bo‘yicha 9,9 mlrd so‘mlik tender yakunlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi komissiyasi tomonidan o‘rganiladi. «Gazeta.uz» savdolarda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarining o‘g‘liga tegishli kompaniya g‘olib bo‘lgani haqida yozgandi.
1 mln dona uzum ko‘chatlarini yetkazib berish bo‘yicha 9,95 mlrd so‘mlik tenderda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligida milliy bilim va innovatsiyalar markazi (buyurtmachi) rahbari Alisher To‘rayevning o‘g‘liga tegishli kompaniya g‘olib bo‘ldi.
Energetika vazirligi Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtga teng bo‘ladigan uchta fotoelektrostansiyalar qurish bo‘yicha tenderni e’lon qildi.
Elektron tanlovlar va elektron tenderlarni tashkil etish bo‘yicha yana bir muqobil elektron platforma — tender.mf.uz yaratildi. Endilikda buyurtmachilar elektron saytni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
So‘nggi ikki yilda davlat dasturlari doirasida 3 mingdan ziyod qurilishdan atigi 182 tasida tender o‘tkazilgan. Chunki tender jarayonlari murakkab va unda narx arzonligi birlamchi. Qurilish tashkilotining malakasi, sifat masalasi past o‘rinlarda qolib ketgan. Prezident 1 noyabrgacha qurilish korxonalarining moliyaviy ko‘rsatkichlari, to‘lov qobiliyati, davlat xaridlari, ishchi-xodimlar malakasi kabi ma’lumotlarni qamrab oluvchi yagona platformani ishga tushirish vazifasini qo‘ydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting