15 dekabr kuni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tender tanlovlarida g‘olib investorlar aniqlandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Masdar kompaniyasi Buxoro viloyatida 250 MVt quvvatga ega loyihani qurish va unda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining bir kilovatt-soati uchun 30,44 AQSh dollari miqdorida taklifi bilan g‘olib bo‘ldi. Mazkur loyiha O‘zbekistonda birinchi marta quvvati 62 MVtlik energiya saqlash batareyasi bilan amalga oshiriladi.

Shuningdek, GD Power — Powerchina konsorsiumi (Xitoy) Namangan viloyatida 150 MVt quvvatga ega loyiha uchununda ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 4,828 AQSh sentida yetkazib berish taklifi bilan g‘olib deb topildi.

Bundan tashqari, Voltalia kompaniyasi Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga egaloyiha uchun ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 2,888 AQSh sentida yetkazib berish taklifi bilan g‘olib deb topildi.

tender, fotoelektr сtaнцияси, энергетика vazirligi

tender, fotoelektr сtaнцияси, энергетика vazirligi