«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tender savdolari yakunlanib, g‘olib kompaniyalar aniqlandi, deya xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, Turkiyaning «ŞA-RA ENERJĪ Īnşaat, Ticaret ve Sanayi A.Ş.» kompaniyasi 31,89 mln AQSh dollari miqdoridagi taklif etilgan narx bilan uzunligi 213 km bo‘lgan 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha g‘olib deb topildi.

tender, энергетика vazirligi, эут

Shuningdek, Xitoyning «Xian Electric Engineering Co., Ltd» kompaniyasi 14,68 mln AQSh dollari miqdoridagi taklif etilgan narx bilan uzunligi 72 km bo‘lgan 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha g‘olib deb topildi.

tender, энергетика vazirligi, эут

G‘olib kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazilib, 2022 yil 23 dekabr kuni shartnomalar imzolandi. Loyiha Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib 2022 — 2024 yillarda amalga oshirilishi belgilangan.

«Loyiha Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrining elektr energiyasi ta’minoti ishonchliligi oshirilishiga, energotizimning Toshkent qismida magistral elektr tarmoqlari yuklamalarini kamayishiga va ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kelgusidagi talablarga mos holda bo‘lishiga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.