Sudyalar oliy kengashi 2021 yilda 19 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilgani, yana 220 nafar sudya kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun intizomiy javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi. 2022 yilning birinchi choragida esa, 22 nafar sudya ishdan olingan, 80 nafariga intizomiy chora qo‘llanilgan.
Andijon, Buxoro va Toshkent viloyatlarida tuman sudlari raislari va sudyalar o‘z arizasiga ko‘ra ishdan olindi. Shuningdek, respublika bo‘ylab 10 nafar sudyalar mas’uliyatsizligi uchun intizomiy jazoga tortildi.
Qashqadaryo viloyatining to‘rtta tuman sudyalari hamda Angren shahar sudi raisi mas’uliyatsizligi va ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun intizomiy jazoga tortildi.
Buxoro viloyati sudining sudyasi Sh. Ne’matov sudyalik qasamyodini buzgani uchun lavozimidan ozod etildi. Xorazm va Navoiy viloyatidagi sud raislari esa intizomiy javobgarlikka tortildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanmoqda. U sherigi bilan yer bilan bog‘liq nizoni ijobiy hal qilish uchun 3 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan. Sudyalar oliy kengashi uni javobgarlikka tortishga rozilik berdi.
Farg‘onada nizoli xonadonda holatni o‘rganayotgan ayol-sudya zo‘ravonlikka uchradi. Sudyaga nisbatan jismoniy kuch ishlatilib, telefoni qasddan sindirilgan.
Ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlanish uchun o‘tkazilgan ochiq tanlovda 172 nafar nomzoddan 73 nafari sudyalik lavozimiga nomunosib deb topildi. Shuningdek, 2020 yilda 27 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi. Yetti nafar sudya esa koronavirus tufayli vafot etgan.
Toshkent viloyatida uy qamog‘idagi fuqaroning 100 nafardan ortiq kishi qatnashgan ziyofatida sudya ham qatnashib, uni ko‘p o‘tmay ozodlikka chiqardi.
Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo viloyatidagi ichki ishlar organlari xodimlari va sudya bilan bog‘liq vaziyatda sudyaning tez yordam mashinasiga yo‘l bermaganligini ma’lum qilib, voqea tasvirlangan videotasvirni e’lon qildi.
Jarqo‘rg‘onda sudyalarning obro‘sizlantirilishi va sud xodimlarining kaltaklanishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Guliston shahriga kirishdagi blok-postlardan birida IIB va Milliy gvardiya xodimlari sudyaga nisbatan kuch ishlatib, tan jarohati yetkazishgan. IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting