Toshkent viloyatida uy qamog‘idagi shaxsning ziyofatida qatnashgan sudya ko‘p o‘tmay uni ozodlikka chiqardi. Bu haqda «Daryo» Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari so‘zlariga tayanib xabar bermoqda.

2020 yil may oyida Toshkent viloyati shaharlaridan birining sudyalari L.N va R.O. karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda jinoiy unsurlar vakili, bir necha marta sudlangan D.N.ning tug‘ilgan kunini nishonlash uchun kafeda 100 nafardan ortiq shaxs ishtirokida tashkil etilgan ziyofatga borgan.

Xabarga ko‘ra, sudyalar D.N.ning o‘sha vaqtda navbatdagi jinoyati uchun ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotganligidan xabardor bo‘lgan.

Mazkur sudya mahkum D.N.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqib, uni ozodlikka chiqargani ma’lum qilindi.