Sudyalar oliy kengashi yana besh nafar sudyani intizomiy jazoga tortdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, mas’uliyatsizligi va ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun:

  • Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining sudyasi E. Eshonboboyev;
  • Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining sudyasi L. Abdullayev;
  • Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining raisi R. Zairov;
  • Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi L. Maxammadiyeva;
  • Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudining raisi T. Haydarov intizomiy jazoga tortilgan.

Ilgariroq, Buxoro viloyati sudining sudyasi Sh. Ne’matov sudyalik qasamyodini buzgani uchun lavozimidan ozod etilgani, Xorazm va Navoiy viloyatidagi sud raislari esa intizomiy javobgarlikka tortilgani haqida xabar bergan edik.