«sputnik v» tegli maqolalar


7 may 2021, 13:35

Tokio-2020 oldidan O‘zbekiston delegatsiyasini COVID-19`ga qarshi emlash boshlandi

Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillarini COVID-19`ga qarshi emlash jarayoni boshlandi. Ularga «Sputnik V» vaksinasi qilinmoqda. Jami 250 nafar sportchi va murabbiylar emlanishi reja qilingan.

6 may 2021, 15:25

«„Sputnik V“ vaksinasi amaldorlar uchun olib kelingan degan qarash juda noto‘g‘ri» — SES boshlig‘i o‘rinbosari

SES boshlig‘i o‘rinbosari COVID-19`ga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan «faqat amaldorlar emlanayotgani haqidagi qarash juda noto‘g‘ri» ekanligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mazkur vaksina bilan faqatgina 65 yoshdan kattalar emlanishi ko‘zda tutilgan, shu sababli ushbu yoshdan kichiklarga rad javobi berilmoqda. 1 may kuni quyi palata spikeri o‘rinbosari 37 yoshli Odiljon Tojiyev «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan.

27 aprel 2021, 16:24

Sputnik V vaksinasi bilan emlanish bepul — SES

Sanitariya-epidemiologiya xizmati «Sputnik V» vaksinasi bilan emlanish pullik ekanligi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.

27 aprel 2021, 12:03

O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining ikkinchi partiyasi olib kelindi

O‘zbekistonga koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasining yana bir partiyasi yetib keldi. Ma’lum qilinishicha, yetkazib berilgan navbatdagi vaksinalar partiyasi 50 ming dozadan iborat bo‘lib, 23 aprel kuni yetkazib berilgan vaksinalarning ikkinchi komponenti hisoblanadi.

23 aprel 2021, 09:55

O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi

O‘zbekistongaga «Sputnik V» vaksinasining birinchi partiyasi keltirildi. Vaksina uchun xarajatlarning yarmini tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirdi.

17 aprel 2021, 12:09

Aprel oyi oxirigacha O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasi olib kelinadi

Bosh vazir aprel oxirigacha O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasi olib kelinishini ma’lum qildi. Shuningdek, oy oxirida yana bir million donadan ziyod Xitoy vaksinasi keltiriladi.

6 aprel 2021, 17:16

Qozog‘iston prezidenti «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi

Qozog‘iston davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev Qarag‘anda zavodida ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi.

2 aprel 2021, 21:40

O‘zbekistonliklar qaysi vaksinani tanlamoqda? (foto)

1 apreldan O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlash jarayonlari boshlandi. «Gazeta.uz» muxbiri Toshkent shahri va viloyatidagi bir qancha emlash punktlariga tashrif buyurib, aholining vaksina bo‘yicha fikrlarini o‘rgandi. Kimdir xitoy-o‘zbek vaksinasi ishonchliroq desa, boshqa birovga AstraZeneca ma’qul, yana kimdir esa «Sputnik V elita qatlami uchun», degan fikrda.

17 mart 2021, 20:59

Jahon yangiliklari dayjesti

JSST AstraZeneca vaksinasini qo‘llashga ruxsat bergani, Bayden muhojirlarni AQSHga noqonuniy kirishga urinmaslikka chaqirgani, Qozog‘istonda aholining 60 foizi «Sputnik V» va mahalliy vaksina bilan emlanishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

2 mart 2021, 17:44

Sergey Lavrov «Sputnik V» vaksinasi O‘zbekistonda ro‘yxatga olinganini aytmoqda

«Sputnik V» vaksinasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, vaksina O‘zbekistonda tezlashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Lekin vaksina O‘zbekistonda faqat sertifikatsiyalangan.

17 fevral 2021, 13:35

Sputnik V vaksinasini O‘zbekistonda qo‘llashga ruxsat etildi

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini ommaviy qo‘llash jarayoniga ruxsat berildi. Ushbu vaksinadan 1 million doza xarid qilish rejalashtirilmoqda.

28 yanvar 2021, 16:17

Qozog‘istonda 2021 yil oxirigicha 6 mln aholi COVID-19 ga qarshi emlanishi rejalashtirilmoqda

2021 yilning ohirigacha Qozog‘istonda 6 mln aholi koronavirusga qarshi emlanishi rejalashtirilmoqda. Vaksinatsiya jarayonlariga faqat 18 yoshga to‘lgan fuqarolar o‘tkaziladi. Bundan tashqari elektron vaksinatsiya pasporti joriy etilishi kutilmoqda.

19 yanvar 2021, 09:59

Qozog‘iston 1 fevraldan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlashni boshlaydi

Qozog‘istonda 1 fevraldan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlash jarayonlari boshlanadi. Yilning birinchi yarmida 2 mln kishi, ikkinchi yarmida esa 3−4 mln kishi emlanishi rejalashtirilgan.

21 dekabr 2020, 22:19

Rossiya O‘zbekistonga mehnat muhojirlari uchun 1 million doza «Sputnik V» vaksinasini yetkazib beradi

O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgan mehnat muhojirlari uchun 1 million doza «Sputnik V» vaksinasi yetkazib beriladi, dedi elchi Vladimir Tyurdenev. Bundan tashqari, kelgusi yilda Rossiyadan koronavirusga qarshi ikkinchi «Epivakkorona» vaksinasini sotib olish kutilmoqda.

21 dekabr 2020, 17:01

Qozog‘istonda «Sputnik V» vaksinasi bilan emlash 2021 yil fevralda boshlanadi

Qozog‘istonda Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi ishlab chiqarila boshladi. Mamlakat bo‘ylab ommaviy vaksinatsiya jarayonlari 2021 yilning fevralidan boshlanishi belgilandi.

4 dekabr 2020, 16:29

Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi O‘zbekistonga olib kelindi

O‘zbekistonga Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi olib kelindi. Preparat namunalari O‘zbekiston hududida vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish va sanoat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan sinovlar uchun yetkazildi.

1 dekabr 2020, 12:33

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Rossiya vaksinasi masalasida fikr almashishdi

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot davomida Rossiya vaksinasidan foydalanish masalasida fikr almashishdi.

24 noyabr 2020, 18:11

«Sputnik V» vaksinasining samaradorligi 95 foizdan oshdi

COVID-19 ga qarshi «Sputnik V» vaksinasining ishlab chiquvchilari uning samaradorligini 95% dan yuqori ekanligini e’lon qilishdi. Xalqaro bozorlar uchun bitta vaksina dozasi 10 dollardan kamroqqa narxlanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting