Vladimir Putin koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya prezidenti “Sputnik V” vaksinasini qabul qilgan. Putin vaksinaning ikkinchi dozasi bilan emlanganida kechqurun isitmasi 37,2 darajaga ko‘tarilib, kunduzi 36,6 darajani tashkil qilganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 24 mart kuni Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi va o‘zini yaxshi his qilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Putining matbuot kotibi Peskov “Rossiyaning uchta vaksinasi mutlaqo ishonchli va samarali” ekanligini ta’kidlagan holda, Kreml ataylab prezidentning qaysi vaksina bilan emlangani ko‘rsatilmayotganligi haqida aytib o‘tgan edi.

Avvalroq, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ham koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangani haqida xabar berilgan.