Kuni kecha O‘zbekistonga Rossiyadan «Sputnik V» vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).

Shuningdek, o‘tgan vaqt mobaynida AstraZeneca’ning — 660 ming doza, ZF-UZ-VAC2001'ning: 27 martda — 1 mln doza, 27 aprelda — 1 mln doza, 18 mayda — 1 mln doza, 19 mayda — 500 ming doza partiyalari keltirilgan.

Hozirda O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 4 mln 330 ming dozaga yetgan. Ayni paytga qadar shundan 2 mln dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llanildi.