4 iyun kuni Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

U “Sputnik V” vaksinasini qabul qilgan.

Hukumat vakillari orasida bungacha faqat Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning vaksina qabul qilganligi rasman e’lon qilingan edi. U xitoy-o‘zbek vaksinasining sinovida ishtirok etganligi uchun emlangan edi.

Avvalroq, SES boshlig‘i o‘rinbosari COVID-19`ga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bilan “faqat amaldorlar emlanayotgani haqidagi qarash juda noto‘g‘ri” ekanligi, mazkur vaksina bilan faqatgina 65 yoshdan kattalar emlanishi ko‘zda tutilganligini ma’lum qilgan edi.