Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 27 aprelga o‘tar kechasi O‘zbekistonga koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasining yana bir partiyasi yetib keldi.

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining ma’lum qilishicha, yetkazib berilgan navbatdagi vaksinalar partiyasi 50 ming dozadan iborat bo‘lib, 23 aprel kuni yetkazib berilganvaksinalarнинг ikkinchi komponenti hisoblanadi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda ushbu vaksinaning birinchi komponenti bilan emlash jarayoni shu hafta boshlanadi.

Ma’lumot uchun, umumiy sotib olingan «Sputnik V» vaksinalari narxining yarmi tadbirkor Alisher Usmonov tomonidan moliyalashtirildi.

Yaqin kunlarda mamlakatga ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi hamda AstraZeneca vaksinasining qo‘shimcha dozalari yetkazib berilishi kutilmoqda, deya qo‘shimcha qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

SSVning ma’lum qilishicha, 26 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda COVID-19'ga qarshi emlanganlar soni 565 mingga yetdi.