Bugun, 10 iyun kuni O‘zbekistonga Rossiyadan “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 2-komponenti olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 1 iyun kuni “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti keltirilgan edi.

Aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).

Shuningdek, o‘tgan vaqt mobaynida AstraZeneca’ning — 660 ming doza, ZF-UZ-VAC2001'ning: 27 martda — 1 mln doza, 27 aprelda — 1 mln doza, 18 mayda — 1 mln doza, 19 mayda — 500 ming doza partiyalari keltirilgan.