20−25 iyul kunlari ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasidan qo‘shimcha 4 mln doza olib kelish ko‘zda tutilgan, deya xabar bermoqda deputat Doniyor G‘aniyev Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanib.

Qayd etilishicha, avgust oyida Sputnik V vaksinasidan 160 ming doza hamda avgust-sentyabr oylarida COVAX dasturi doirasida yana 660 ming doza (AstraZeneca yoki Moderna) vaksinalari olib kelinishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 5 iyul holatiga ko‘ra jami vaksina zaxirasi 7 million 440 ming dozani tashkil qilmoqda.

Yanvar oyida Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonga 100 ming dona Pfizer vaksinasi olib kelinishi haqida xabar bergan edi.