JCH-2022`ning nimchorak finalida Yaponiya — Xorvatiya hamda Braziliya — Koreya Respublikasi bahslari bo‘lib o‘tdi. Birinchi o‘yinda g‘olib penaltilar seriyasi orqali aniqlandi, ikkinchi o‘yinda esa Braziliya terma jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi. Chorak finalda Xorvatiya va Braziliya uchrashadigan bo‘lishdi.
JCH-2022`ning 15-kunida nimchorak finali doirasida Fransiya — Polsha hamda Angliya — Senegal uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahslarda Fransiya va Angliya terma jamoalari o‘z raqiblaridan ustun kelib, chorak finalda o‘zaro kuch sinashadigan bo‘lishdi.
JCH-2022`ning dastlabki ikkita nimchorak finali uchrashuvlarida ko‘pchilik tomonidan kutilgan natijalar qayd etildi. Niderlandiya — AQSh bahsida 3:1, Argentina — Avstraliya o‘yinida esa 2:1 hisobi qayd etildi. Chorak finalda Niderlandiya va Argentina o‘zaro kuch sinashishadi.
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan JCH-2022`ning pley-off bosqichida Yevropa qit’asidan 8 ta, Osiyodan 3 ta, Janubiya Amerika va Afrika qit’alartdan 2 tadan, Shimoliy Amerikadan 1 ta terma jamoa ishtirok etadi. 1/8 final bahslari 3−6 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
C guruhining 3-turida Argentina va Polsha hamda Saudiya Arabistoni va Meksika terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Birinchi bahsda argentinaliklar g‘alaba qozonib, guruhda 1-o‘rinni olishgan bo‘lishsa, narigi uchrashuvda meksikaliklar 1:2 hisobida g‘alaba qozonishdi, ammo pley-offga chiqish uchun 1 gol yetmadi.
D guruhidan joy olgan so‘nggi tur bahslari yakunlandi: Tunis — Fransiya uchrashuvida tunisliklar minimal hisobda g‘alaba qozonishdi, ammo Astraliya Daniyani mag‘lub etgani sababli Tunis guruhdan chiqa olmadi. D guruhida Fransiyada ham, Avstraliyada ham ochkolar soni — 6. Biroq Fransiyada to‘plar nisbati yaxshiroq.
B guruhidagi 3-tur bahslarida AQSh terma jamoasi Eronni 1:0 hisobida mag‘lub etib, pley-offga yo‘l oldi. Guruhdagi yana bir uchrashuvda esa Angliya terma jamoasi Uelsni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Pley-offda AQSh Niderlandiya bilan, Angliya esa Senegal bilan kurash olib boradi.
A guruhidagi hal qiluvchi turda Senegal terma jamoasi Ekvadorni 1:2 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Guruhdagi yana bir uchrashuvda esa Niderlandiya terma jamoasi Qatarni 2:0 hisobida yengdi. Qatar uchta tur hisobiga ko‘ra birorta ham ochko ishlay olmagan yagona mezbon terma jamoa bo‘ldi.
JCH-2022`da guruh bosqichining 2-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Fransiya, Braziliya va Portugaliya terma jamoalari keyingi bosqichga chiqish masalasini oldindan hal qilib qo‘yishdi. «Gazeta.uz» so‘nggi tur oldidan qaysi terma jamoalarda pley-off bosqichiga chiqish uchun imkoniyatlar yuqoriroq ekanligini tahlil qiladi.
G va H guruhlaridan joy olgan Braziliya — Shveysariya, Portugaliya — Urugvay bahslari favorit jamoalarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Braziliya va Portugaliya terma jamoalari ikkita turda ham g‘alaba qozonib, pley-off bosqichiga chiqish masalasini hal qilishdi.
G va H guruhlaridan joy olgan Kamerun — Serbiya va Koreya Respublikasi — Gana bahslari gollarga boy bo‘ldi. Ikki uchrashuvda jami 11 ta gol urildi. Birinchi o‘yinda 3:3 hisobida durang qayd etilgan bo‘lsa, Gana Koreya terma jamoasini 2:3 hisobida mag‘lub etdi.
F guruhidan joy olgan Xorvatiya — Kanada bahsida xorvatlar o‘z raqiblariga xalqaro musobaqalarda tajribaning qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatib qo‘yishdi. E guruhidagi Ispaniya — Germaniya qarama-qarshiligida esa tomonlar bittadan gol urishdi durang qayd etishdi.
E va F guruhidan joy olgan Yaponiya — Kosta-Rika, Belgiya — Marokash bahslarida kutilmagan natijalar qayd etildi. O‘tgan turda Germaniyani mag‘lub etgan Yaponiya, Ispaniyadan katta hisobda mag‘lubiyatga uchragan Kosta-Rikaga yengildi. Shuningdek, Marokash ham Belgiya terma jamosini dog‘da qoldirdi.
C va D guruhidan joy olgan Tunis — Astraliya, Polsha — Saudiya Arabistoni, Fransiya — Daniya, Argentina — Meksika qarama-qarshiliklari «syurpriz»larsiz o‘tdi. Levandovski o‘zining Jahon chempionatlaridagi ilk golini urdi. Messi o‘yinning eng zo‘r futbolchisi bo‘ldi. Mbappe esa dubl qayd etdi.
A va B guruhlaridan joy olgan ikkita bahs: Niderlandiya — Ekvador (1:1), Angliya — AQSh (0:0) uchrashuvlarida g‘oliblar aniqlanmadi. A guruhida hozircha Niderlandiya va Ekvador 4 tadan ochko bilan peshqadam bo‘lib turishibdi. B guruhda esa Angliya 4 ochko bilan 1-o‘rinda turibdi.
25 noyabr kuni JCH-2022`ning 2-turiga start berildi. Tur doirasida Uels — Eron (0:2), Qatar — Senegal (1:3) uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Eron jangga qaytdi, Qatar esa JCH`dagi ilk golini kiritganiga qaramay, katta ehtimol bilan pley-offga chiqishi imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
G va H guruhlaridan joy olgan ikkala o‘yinda ham favorit deb aytilayotgan terma jamoalarning qo‘li baland keldi. Portugaliya — Gana bahsida 3:2 hisobi, Braziliya — Serbiya uchrashuvida esa 2:0 hisobi qayd etildi. Ronaldu penaltidan gol kiritib yana bir rekordni qayd etdi. Risharlison esa dublga erishdi.
G va H guruhlaridan joy olgan Shveysariya — Kamerun va Urugvay — Janubiy Koreya bahslarida o‘yin teng suratlarda o‘tdi. Biroq birinchi o‘yin Shveysariyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda jamoalar nursiz durang qayd etishdi — 0:0.
JCH-2022ning yana bir kunida E va F guruhidan joy olgan Ispaniya — Kosta-Rika va Belgiya — Kanada bahslari bo‘lib o‘tdi. Birinchi bahsda ispaniyaliklar total ustunlik qilib, 7 gol urib rekord hisobni qayd etishgan bo‘lishsa, ikkinchi bahsda aslida Belgiyadan kuchliroq o‘yin ko‘rsatgan Kanada 0:1 hisobida yutqazdi.
23 noyabr kuni E guruhidan joy olgan Germaniya — Yaponiya bahsida 1:2 hisobi qayd etildi. Yaponiya «kambek» amalga oshirdi va irodali g‘alabaga erishdi. F guruhidagi Marokash — Xorvatiya bahsida esa hisob ochilmadi — 0:0.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting