O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashib, Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi. Bu haqda amirlik devoni matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv 27 fevral tongida amirlikning «Lusayl» saroyida bo‘lib o‘tdi. Tasvirlarda Sardor Umurzakovga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov hamrohlik qilganini ko‘rish mumkin.

ўзбекистон, қатар

Maktubda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar, ularni mustahkamlash va rivojlantirish yo‘llari, shuningdek, hamkorlik masalalariga oid fikrlar bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil oxirida O‘zbekiston TIVning sobiq rahbari Vladimir Norov Qatarning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Hasan Hamza Hoshimni qabul qilgandi. Uchrashuvda 2023 yilda Toshkentda Qatar elchixonasi ish boshlashi ma’lum qilingan.