«qarzdorlik» tegli maqolalar


Deyarli 4,5 mln o‘zbekistonlik soliqlardan 2,7 trln so‘m qarzdor — Soliq qo‘mitasi
30 sentabr 2022, 17:57

Deyarli 4,5 mln o‘zbekistonlik soliqlardan 2,7 trln so‘m qarzdor — Soliq qo‘mitasi

Davlat soliq qo‘mitasi deyarli 4,5 mln o‘zbekistonlik mol-mulk va yer solig‘idan 2,7 trln so‘m qarzdor ekanini ma’lum qildi. Sohalar kesimida eng ko‘p qarzdorlik qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlarda ekani ko‘rsatildi.

Qarzdorlikni o‘chirib berishni va’da qilgan «elektroset» xodimlari ushlandi
22 sentabr 2022, 11:19

Qarzdorlikni o‘chirib berishni va’da qilgan «elektroset» xodimlari ushlandi

Toshkent, Samarqand va Jizzaxda elektr energiyasi uchun ko‘p miqdorli qarzdorlikni o‘chirib berishni va’da qilgan hududiy elektr ta’minoti korxonalari xodimlari qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Fuqarolarning 822 ming so‘mgacha bo‘lgan qarzdorligi ish haqidan undiriladi
12 aprel 2022, 11:42

Fuqarolarning 822 ming so‘mgacha bo‘lgan qarzdorligi ish haqidan undiriladi

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, undiruv qarzdorning mol-mulkiga emas, balki uning bankdagi hisobraqamiga qaratiladi. Qolaversa, 822 ming so‘mgacha bo‘lgan qarzdorlik ish haqi, stipendiya, pensiya yoki boshqa daromaddan undirilishi mumkin.

Alimentdan qarzi borlarga avtomobil haydash va uylanish taqiqlanishi mumkin
10 mart 2022, 14:32

Alimentdan qarzi borlarga avtomobil haydash va uylanish taqiqlanishi mumkin

Prezident farmoni bilan aliment to‘lovchining qarzi va jarimalari aliment to‘lovlari to‘liq qoplangandan so‘ng undirilishi belgilanmoqda. Bundan tashqari, Adliya vazirligi va Bosh prokuraturaga alimentdan qarzi mavjud shaxslarga avtomobil boshqarish, ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish va uylanishni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritish vazifasi yuklatildi.

Endi alimentdan qarzdorlikni davlat to‘lab beradi, keyinchalik MIB uni undirib oladi
2 mart 2022, 12:45

Endi alimentdan qarzdorlikni davlat to‘lab beradi, keyinchalik MIB uni undirib oladi

Prezident 172 ming nafar ota o‘z farzandi uchun aliment to‘lamagani, bugungi kunda jami 115 mlrd so‘m qarzdorlik mavjudligini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi alimentdan qarzdorlikni davlat to‘lab beradi, keyinchalik MIB qarzni undirib oladi. Buning uchun «Aliment to‘lovlari» jamg‘armasi tashkil etilib, unga dastlab 50 mlrd so‘m ajratiladi.

«Buxoro neft bazasi»da 50,5 mlrd so‘mlik debitor qarzdorlik aniqlandi
11 yanvar 2022, 18:52

«Buxoro neft bazasi»da 50,5 mlrd so‘mlik debitor qarzdorlik aniqlandi

«Buxoro neft bazasi» MCHJda muttasadilari xususiy AYOQSHlarga jami 2,6 mlrd so‘mlik neft mahsulotlarini to‘lovsiz yetkazib berib, debitor qarzdorlikni yashirib kelgan. Shuningdek, MCHJ qurilish korxonalariga 298,1 mln so‘m pulni asossiz ravishda to‘lab bergan. Xodimlarga esa 31,6 mln so‘m miqdorida ortiqcha ish xaqi va mukofot pullari berilgan.

Endi xorijga chiqishga taqiqni telefon orqali aniqlash mumkin
30 dekabr 2021, 16:17

Endi xorijga chiqishga taqiqni telefon orqali aniqlash mumkin

Bolalar bog‘chasiga navbatga qo‘yish, ijro holati bo‘yicha qarzdorlikni, kadastr obyektiga va xorijga chiqishga taqiqni aniqlash, tadbirkorlar ma’lumotlarini avtomatik tarzda, mobil qurilmadagi USSD so‘rovi yordamida olish imkoniyati yaratildi.

MIB 3000 nafardan ko‘proq qarzdorni qidirmoqda. Ularning mingdan ortig‘i xorijda
26 noyabr 2021, 14:57

MIB 3000 nafardan ko‘proq qarzdorni qidirmoqda. Ularning mingdan ortig‘i xorijda

Majburiy ijro byurosi tomonidan 2021 yilning o‘tgan davrida qarzdorligi tufayli qidiruvga berilgan 7 800 dan ortiq fuqarodan 4 500 nafardan ko‘prog‘i topilgan, 3 264 nafar fuqaro qidirilmoqda. Ushbu shaxslarning 2 149 nafari respublika hududida yashirinib yurganligi, 1 115 nafari chet elga turli maqsadlarda chiqib ketganligi aniqlangan. Shuningdek, qidiruv e’lon qilingan 4 222 ta avtotransport vositalarining 3 073 tasi topilgan.

Hokimiyatlar tadbirkorlardan «snos» uchun 123 mlrd so‘m qarzdor
21 avgust 2021, 22:24

Hokimiyatlar tadbirkorlardan «snos» uchun 123 mlrd so‘m qarzdor

Bino va inshootlarning buzilishi munosabati bilan hokimiyatlar tadbirkorladan 123 mlrd so‘m qarzdor. Prezident hokimlarga 1 sentyabrga qadar kompensatsiyalarni to‘lab berish vazifasini topshirdi. «Bir so‘m ham qarzdorlik qolmasligi shart», — dedi u.

O‘zbekistonda elektr energiya bo‘yicha 3,5 trln so‘m qarzdorlik mavjud
28 dekabr 2020, 16:50

O‘zbekistonda elektr energiya bo‘yicha 3,5 trln so‘m qarzdorlik mavjud

“Hududiy elektr tarmoqlari” vakili matbuot anjumanida O‘zbekistonda elektr energiya bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar hisobida 3,5 trln so‘m qarzdorlik mavjudligini ma’lum qildi. Qolaversa, respublika bo‘yicha eng ko‘p qarzdorlik Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelishi ta’kidlandi.

O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorligi eng katta viloyatlar reytingi tuzildi
25 noyabr 2020, 11:19

O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorligi eng katta viloyatlar reytingi tuzildi

Samarqand viloyati — elektr energiyasidan qarzdorlik bo‘yicha respublikada yetakchi bo‘lib, viloyatdagi qarzdorlik 646 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Qarzdorlik bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Navoiy (410 mlrd so‘m) va Andijon (273 mlrd so‘m) viloyatlari turibdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting