Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-fevral kuni bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida sohada hisob-kitob intizomida kamchiliklar borligi aytib, klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmaganini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, yangi tizimga ko‘ra, oldingi qarzini 1-aprelgacha yopmagan klaster bilan fyuchers shartnomasi bekor qilinadi va fermerga paxtani birjada sotishga ruxsat beriladi.

Prezident ma’lumotni elektron platformaga to‘liq kiritgan va fyuchers shartnoma imzolagan fermerga kredit ko‘pi bilan uch kun ichida ajratilishi shartligi ta’kidladi.

2024-yilgi paxta va g‘alla hosili uchun budjetdan 10 trln so‘mdan ziyod imtiyozli resurs ajratildi. Klaster, fermer va dehqonlar imtiyozli kredit olishini osonlashtirish maqsadida ochiq-oshkora platforma ishga tushdi. Lekin 2024-yil paxtasini sotish bo‘yicha fyuchers shartnomasi tuzgan fermerlarning ma’lum qismi kreditlarni haligacha olmagan.

“Sababi, ayrim banklar „resurs yo‘q, garov ta’minoti kerak“, degan bahonalar bilan tayyor mablag‘ni bermayapti”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.