Prezident tomonidan 11 aprel kuni imzolangan [O‘RQ-762-son] qonun bilan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, soddalashtirilgan tartibda undiruv qarzdorning mol-mulkiga (pul mustasno) qaratilmaydi va qarzdorga javobgarlik choralari qo‘llanilmadi.

Soddalashtirilgan tartibda undiruv bankdagi pulga, MHTEKMdan (822 ming so‘mdan) ko‘p bo‘lmagan summani undirish uchun esa ish haqiga, stipendiya, pensiya va boshqa daromadlarga qaratiladi.

Avvalroq, sud hujjatlarining majburiy ijrosiga aralashganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik kiritilgani haqida yozgandik. MIB ishiga aralashish holati ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ham sodir etilsa, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.