O‘zbekistonning deyarli 4,5 million fuqarosi mol-mulk va yer solig‘idan 2,7 trillion so‘m qarzdor ekanligi ma’lum bo‘ldi.Bu haqda 30 sentabr kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

2022 yilda jami 8 mln 85 ming nafar yer uchastkasi va undagi ko‘chmas mulklari mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslarga 3 trln 450 mlrd so‘m yer va mol-mulk soliqlari hisoblangan. Shundan joriy yilning 28 sentabr sanasiga qadar 2 trln 5 mlrd so‘m ya’ni 58 foizi to‘langan.

Shuningdek, 4 mln 400 ming nafar fuqarolarning o‘tgan yildan qolgan qarzdorligi bilan qo‘shib hisoblaganda 2 trln 798 mlrd 4 million so‘mlik soliqlari to‘lanmasdan qolmoqda.

Shundan, joriy yilda oylik daromad manbaiga ega bo‘lgan 236 ming 600 ta korxona va tashkilotlarda ishlovchi 1 mln 700 ming nafar xodimlarga 1 trln 300 mlrd so‘m hisoblangan. 2022 yilning 28 sentabr kuniga qadar 636 mlrd 800 mln so‘mi ya’ni 48 foizi to‘langan, 1 mln 106 ming 400 nafarining 691 mlrd 300 mln so‘mi, 52 foizi to‘lanishi lozim.

Bundan tashqari, qo‘mita qarzdorlikning sohalar kesimida darajasi bo‘yicha ajratib ko‘rsatgan. Jumladan quyidagi vazirlik va tashkilotlarda ishlovchi xodimlar soliq to‘lovlarini 15 oktabrgacha amalga oshirilishi kerak bo‘ladi:

  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlar 3,3 mlrd so‘mdan 2,2 mlrd so‘m (65,9 foiz),
  • Mahalla va oilani qo‘llab quvatlash vazirligi 5,1 mlrd so‘mdan 3,3 mlrd so‘m (64,5 foiz),
  • Oliy sud 1,7 mlrd so‘mdan 1 mlrd so‘m (62,1 foiz);
  • Adliya vazirligi 2,5 mlrd so‘mdan 1,5 mlrd so‘m (60,5 foiz);
  • Suv xo‘jaligi vazirligi 17,2 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘m (58,2 foiz);
  • Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 1,7 mlrd so‘mdan 1 mlrd so‘m (57,5 foiz);
  • Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi 2,7 mlrd so‘mdan 1,5 mlrd so‘m (56,6 foiz);
  • Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 4 mlrd so‘mdan 2,2 mlrd so‘m (56,0 foiz);
  • Mahalliy hokimiyat organlari xodimlari tomonidan 8,3 mlrd so‘mdan 4,6 mlrd so‘m (55,6 foiz);
  • Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi 2,3 mlrd so‘mdan 1,2 mlrd so‘m (54,7 foiz).

Aslida Soliq kodeksining 423 va 440-moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi kerak. Qo‘mita shu o‘rinda, barcha fuqarolarga konstitutsion burchlarini o‘z vaqtida bajarishi lozimligini eslatib o‘tgan.