Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shaklini (namunasini) tasdiqladi. Har bir tuman va shaharda ikkitadan ortiq uchastkada videotranslyatsiya qilish rejalashtirilmoqda.
Turkiyada prezidentlik poygasidan chetga chiqqan nomzod Sinan Ogan 28-may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovning ikkinchi bosqichida amaldagi prezident Rejep Tayyip Erdog‘anni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini 174 mlrd 130 mln so‘m etib tasdiqladi. Siyosiy partiyalarga jami 19 mlrd 655 mln so‘m, har bir nomzodga esa 4 mlrd 914 mln so‘mdan ajratiladi.
Shavkat Mirziyoyev muddatidan ilgari prezidenti saylovini 9-iyulda o‘tkazish bo‘yicha farmonni imzoladi.
O‘zbekistonda prezident saylovida ovoz berish yakunlandi. Dastlabki natijalar ertaga e’lon qilinadi.
Buyuk britaniyalik xalqaro kuzatuvchi O‘zbekistonda kelgusiisaylovlarda dunyoning istalgan nuqtasidan ovoz berish, tashkiliy xarajatlarni qisqartirish va saylov komissiyasi faoliyatini yanada samarali qilish imkoniyatini taqdim etuvchi onlayn ovoz berish tizimi joriy etilishiga umid bildirdi.
24 oktabr kuni prezident saylovlarida qaysi saylov uchastkasida ovoz berishingiz mumkinligini bilasizmi? Sizga biriktirilgan saylov uchastkasini o‘zgartirish mumkinmi? «Gazeta.uz» fuqarolar uchun saylov uchastkasini aniqlash va uni o‘zgartirish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.
O‘zLiDePning navbatdagi s’ezdida partiyadan prezidentlikka nomzod sifatida Shavkat Mirziyoyev tasdiqlandi. Nomzod oldingi prezident saylovida ilgari surilgan dasturdagi vazifalar ijrosiga to‘xtalib, o‘zining 2021 yil saylovoldi dasturi haqida ma’lumot berdi.
MSK pandemiya davrida prezident saylovini o‘tkazishga oid maxsus yo‘riqnomani qabul qildi. Unga ko‘ra, tana harorati yuqori bo‘lgan fuqarolar saylov uchastkasiga kiritilmaydi, ular uchun ochiq havoda ko‘chma saylov qutilari tashkil qilinadi. Qolaversa, yashirin ovoz berish kabinalariga parda osilmaydi. Saylov boshlanishidan 6 soat oldin ovoz berish bino va xonalari dezinfeksiya qilinadi.
Shanba kuni Markaziy saylov komissiyasi beshta siyosiy partiya — Ekologik partiya, XDP, O‘zLiDeP, “Milliy tiklanish” va “Adolat” partiyalariga oktyabrdagi prezident saylovida qatnashishga ijozat berdi. Ular 9 sentyabrga qadar o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
Chet elda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklarning prezident saylovida qatnashishi uchun 49 ta davlatda 54 ta statsionar va 316 ta ko‘chma saylov punkti tashkil etiladi. Jumladan, O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi va BMTdagi vakolatxonasida yagona saylov uchastkasi bo‘ladi. Hozirgacha xorijdagi saylovchilarning birlamchi ro‘yxati ham shakllantirildi.
Markaziy saylov komissiyasi ijtimoiy tarmoqlardagi baxs-munozaralardan so‘ng, prezident saylovi logotipiga ayrim imloviy tuzatishlar kiritdi. Qolaversa, ushbu logotipni yaratishga mablag‘ sarf etilmagani qo‘shimcha qilindi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov Ehtiyojlarni baholash missiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayoni bo‘yicha «juda ijobiy» xulosa berganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, missiya o‘tgan saylovlar bo‘yicha YeXHTning tavsiyalarini saylov amaliyotiga joriy etilishini ham ijobiy baholagan.
Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov saylovchilar tashabbuskor guruhlari mustaqil ravishda o‘z nomzodini ko‘rsatish masalasini hal etish qonun chiqaruvchilarga bog‘liq ekanligini qayd etdi. Ushbu masala YeXHTning DIIHB missiyasining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ko‘tarilgan edi.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti saylovi kunini 24 oktyabrga belgiladi. Saylov kampaniyasiga 23 iyulda start berildi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovdan Shavkat Mirziyoyev takroran o‘z nomzodini prezidentlikka qo‘yishi va bu boradagi qarori haqida davlat rahbari qachon e’lon qilishini so‘rashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovoldi jarayoni iyul oxirida boshlanadi. «Kim, qachon o‘z nomzodini ilgari surishini bilish uchun iyul oxirigacha kutishimiz kerak», — dedi u.
Oktyabrda bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish maqsadida YeXHTning maxsus missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Missiya bo‘lajak prezident saylovini DIIHB tomonidan kuzatishga zarurat bor yoki yo‘qligini o‘rganadi. «Agar bunga zarurat bo‘lsa, bo‘lajak kuzgi saylovlarda missiyani aynan qaysi formatda joylashtirish kerakligi haqida hulosa beramiz», — dedi missiya vakili Aleksey Gromov.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting