Soat 20:00 da O‘zbekistonda prezident saylovida ovoz berish jarayoni tugadi, deb xabar qildi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati.

Vaqt mintaqasini hisobga olgan holda, ovoz berish jarayoni Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropa mamlakatlarida davom etmoqda.

Saylovning dastlabki natijalari ertaga, 25 oktabr kuni e’lon qilinadi.

MSK ma’lumotlariga ko‘ra, soat 17:00 da prezident saylovida saylovchilarning 71,8 foizi ishtirok etgan.