O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Davlat rahbari maktubida saylovchilarning yuqori faolligi va ovoz berish natijalari aholi Vladimir Putinning siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturiga ishonch bildirayotgani va ularni qat’iy qo‘llab-quvvatlayotganining navbatdagi yorqin namoyishi bo‘lgani ta’kidlanadi”, — deyiladi xabarda.

Mamlakat yetakchisi Rossiya prezidentiga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.

“RIA Novosti” xabar qilishicha, Moskva vaqti bilan 06:04 hisoblangan byulletenlar 99,01 foizni tashkil qildi. Unda Rossiyaning amaldagi prezidenti 87,03 foiz bilan g‘alaba qozonmoqda.

prezident сайлови, шавкат мирзиёев