«o‘zbekistonlik» tegli maqolalar


Turkiyada 53 yoshli O‘zbekiston fuqarosi zinadan yiqilib vafot etdi
24 aprel 2024, 20:17

Turkiyada 53 yoshli O‘zbekiston fuqarosi zinadan yiqilib vafot etdi

Istanbulda vaqtincha yashab, ishlayotgan samarqandlik 53 yoshli erkak ish joyida zinadan yiqilib tushish oqibatida hushini yo‘qotib, voqea joyida vafot etdi. Uning jasadi morgda saqlanmoqda, bosh konsulxona marhumning qarindoshlaridan murojaat qilishni so‘radi.

Hindistondagi mehmonxonada o‘zbekistonlik ayol o‘lik holda topildi
15 mart 2024, 09:21

Hindistondagi mehmonxonada o‘zbekistonlik ayol o‘lik holda topildi

Chorshanba kuni Hindistonning Bengaluru shahridagi mehmonxonada 27 yoshli o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi. Elchixona hozirda shahar politsiya vakillari bilan vaziyatni nazoratga oldi. Marhumning oila a’zolari bilan aloqa o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.

AQShda o‘zbekistonlik erkak xotinini pichoqladi, politsiya uni otib o‘ldirdi
10 mart 2024, 13:53

AQShda o‘zbekistonlik erkak xotinini pichoqladi, politsiya uni otib o‘ldirdi

Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik erkak xotinini pichoqladi. U politsiyaning pichoqni tashlash to‘g‘risidagi talabiga bo‘ysunmagach, otib o‘ldirildi. Ayol hozirda shifoxonada va u erining vafotidan xabardor emas.

Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan 27 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi (yangilandi)
16 fevral 2024, 10:38

Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan 27 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi (yangilandi)

Qozog‘istonning Aqmola viloyatida sovuq havoda nosoz avtobusda qolib ketgan 27 nafar o‘zbekistonlik, jumladan, 12 nafar bola evakuatsiya qilindi. Avvalroq Kazinform agentligi ularning soni 64 nafar ekani haqida ma’lumot bergandi.

Qozog‘istondagi portlash oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik erkak jarohatlandi
30 yanvar 2024, 15:02

Qozog‘istondagi portlash oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik erkak jarohatlandi

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi ikki qavatli turar-joy binosida gaz balloni portlashi oqibatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi. Ular og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Elchixona holat nazoratga olinganini bildirdi.

Qozog‘istonda nosoz avtobusda qolib ketgan 55 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi
14 yanvar 2024, 13:29

Qozog‘istonda nosoz avtobusda qolib ketgan 55 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 55 nafar O‘zbekiston fuqarosi nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi. Ular Toshkentdan Qozon (Rossiya) tomonga harakatlanayotgan bo‘lgan.

Dubayda jinoiy to‘da garovida ushlab turilgan o‘zbekistonlik qutqarildi
2 yanvar 2024, 10:09

Dubayda jinoiy to‘da garovida ushlab turilgan o‘zbekistonlik qutqarildi

Dubayda noma’lum jinoiy to‘da tomonidan garovda ushlab turilgan o‘zbekistonlik erkak qutqarildi. Undan 200 ming dollar pul talab qilingan, pul berilmagan taqdirda joniga qasd qilish bilan qo‘rqitilgan. U Bosh konsullik diplomatlari ko‘magida ozodlikka chiqarildi.

Rossiyada “Mangu olov”ni o‘chirgan o‘zbekistonlik bolalar ota-onasi bilan deportatsiya qilinishi mumkin
12 dekabr 2023, 10:09

Rossiyada “Mangu olov”ni o‘chirgan o‘zbekistonlik bolalar ota-onasi bilan deportatsiya qilinishi mumkin

Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik uch nafar bola “Mangu olov”ni qor bilan o‘chirib qo‘ydi. Militsiya bolalarning oilalari migratsiya qonunchiligini buzgan holda yashab kelayotgani va shu tufayli mamlakatdan chiqarib yuborilishini bildirdi.

Olmaotadagi xostelda yuz bergan yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
30 noyabr 2023, 12:07

Olmaotadagi xostelda yuz bergan yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi xostelda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 13 kishi, jumladan, ikki nafar yosh O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. O‘zbekiston TIV halok bo‘lganlarning yaqinlariga jasadlarni vatanga olib kelishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Rossiyada giyohvand modda savdosida gumonlangan o‘zbekistonlik sobiq IIO xodimi qo‘lga olindi
13 oktabr 2023, 10:49

Rossiyada giyohvand modda savdosida gumonlangan o‘zbekistonlik sobiq IIO xodimi qo‘lga olindi

Rossiyaning Saransk shahrida giyohvand modda savdosida gumonlangan 55 yoshli o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi. U ko‘p yillar avval O‘zbekiston ichki ishlar organlarida ishlagan va 2005-yilda ishdan bo‘shaganidan so‘ng oilasi bilan Rossiyaga ko‘chib ketgan.

Qozog‘istondagi YTHda 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
17 may 2023, 10:43

Qozog‘istondagi YTHda 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Toyota va Lacetti avtomobillari to‘qnashishi oqibatida 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Yana 6 kishi shifoxonaga yetkazildi. Mamlakat IIV holat yuzasidan tergov harakatlari boshlanganini bildirdi.

Ukrainadagi harbiy harakatlar davomida 6030 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi — TIV
7 aprel 2023, 16:48

Ukrainadagi harbiy harakatlar davomida 6030 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi — TIV

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyevning ma’lum qilishicha, Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan buyon 6030 nafar o‘zbekistonlik maxsus reyslar orqali evakuatsiya qilindi. Yil davomida xorijdagi fuqarolar uchun 200 mingdan ortiq konsullik operatsiyasi amalga oshirildi.

Turkiyadagi zilzila vayronalari ostidan yana 2 nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi
12 fevral 2023, 10:10

Turkiyadagi zilzila vayronalari ostidan yana 2 nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Turkiyaning Hatay va Qahramanmarash shaharlarida sodir bo‘lgan zilzila vayronalari ostidan 2 nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi. Yana 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi tabiiy ofat o‘choqlaridan evakuatsiya qilinib, mamlakatga qaytarilmoqda.

Qozog‘istonda novvoyxona portlab, ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi
19 yanvar 2023, 13:48

Qozog‘istonda novvoyxona portlab, ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi

Olmaota viloyati Yesik shahrida novvoyxona portlab, yong‘in yuz berdi. Oqibatda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketildi.

Rossiyada 1 yoshli o‘zbekistonlik qiz o‘yinchoq batareykasini yutib yuborishi oqibatida vafot etdi
28 dekabr 2022, 13:02

Rossiyada 1 yoshli o‘zbekistonlik qiz o‘yinchoq batareykasini yutib yuborishi oqibatida vafot etdi

Sankt-Peterburgda batareykani yutib yuborgan o‘zbekistonlik 1 yoshli qiz taxminan 3 oy o‘tib vafot etdi. Ota-ona shifokorga murojaat qilmagan. Ular qizi yutib yuborgan jism tanani o‘z-o‘zidan tark etadi deb o‘ylagan.

Seuldagi tiqilinch oqibatida 151 kishi halok bo‘ldi, ular orasida o‘zbekistonlik ham bor
30 oktabr 2022, 10:30

Seuldagi tiqilinch oqibatida 151 kishi halok bo‘ldi, ular orasida o‘zbekistonlik ham bor

Janubiy Koreya poytaxti Seul markazida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinch oqibatida 151 kishi halok bo‘ldi, 82 nafari jarohatlandi. Halok bo‘lganlar orasida 19 nafar xorijlik, jumladan, kamida bir nafar o‘zbekistonlik ham borligi aniqlandi.

«Biz siz uchun birinchi ko‘prikni barpo qilyapmiz». Aziz Abduhakimov xorijdagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi
4 oktabr 2022, 12:30

«Biz siz uchun birinchi ko‘prikni barpo qilyapmiz». Aziz Abduhakimov xorijdagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

«O'zbekistonlik» filmi taqdimoti doirasida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov xorijdagi vatandoshlarga murojaat qilib, ularni hamkorlikka chaqirdi. «Biz uzoq vaqt davomida o‘z yo‘li va baxtini topishga uringanlardan ranjidik… Lekin Yangi O‘zbekiston boshqacha fikrlaydi va hayot kechiradi», — dedi u.

Rossiyada 11 nafar o‘zbekistonlik migrant ovqatdan zaharlandi
2 avgust 2022, 10:53

Rossiyada 11 nafar o‘zbekistonlik migrant ovqatdan zaharlandi

Volgograd viloyatidagi fermer xo‘jaligida ishlayotgan 11 nafar o‘zbekistonlik mehnat migranti ovqatdan zaharlandi. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumotiga ko‘ra, ular hozir shifoxonada, o‘zlarini yaxshi his qilmoqda.

Ukrainaning markaziy viloyatlaridagi o‘zbekistonliklarni Lvovga xavfsiz yetkazishni vaqtincha iloji bo‘lmayapti — TIV
26 fevral 2022, 16:44

Ukrainaning markaziy viloyatlaridagi o‘zbekistonliklarni Lvovga xavfsiz yetkazishni vaqtincha iloji bo‘lmayapti — TIV

O‘zbekiston TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljanov Ukrainaning sharqiy va markaziy viloyatlaridagi o‘zbekistonliklar Polsha bilan chegaradosh Lvov shahriga xavfsiz yetkazishni vaqtincha iloji bo‘lmayotganini ma’lum qildi. Bunga shaharlar o‘rtasida avtomobil va temir yo‘l aloqalari to‘xtatilgani sabab bo‘lmoqda. Ta’kidlanishicha, talabalar masalalari elchixona va Ukrainadagi diaspora vakillari hamkorligida hal etilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting