28 iyul kuni Rossiyaning Volgograd viloyatida o‘zbekistonlik 11 nafar mehnat migranti ovqatdan zaharlandi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hozirda ikki kishi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilgani, to‘qqiz nafari esa o‘tkir gastroenterokolit dastlabki tashxisi bilan markaziy tuman kasalxonasida davolanmoqda. Ularning yoshi 18 dan 60 yoshgacha ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 1 avgust kuni axborot berdi.

Ta’kidlanishicha, Volgogradning Bыkovskiy tumanidagi «Pobeda» fermer xo‘jaligida qonuniy ishlab kelayotgan fuqarolarning sog‘lig‘i yomonlashgach, tez yodam chaqirilib, shifoxonaga olib borilgan. Ularga ovqatdan zaharlanish tashxisi qo‘yilib, shifoxonaga yotqizilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Volgograddagi vakiliga shifokorlarning ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda fuqarolar o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda va sog‘lig‘i tiklangach, shifoxonadan javob beriladi.