Nyu-York shahrida (AQSh) xotinini pichoqlab, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan 46 yoshli o‘zbekistonlik erkak politsiya xodimlari tomonidan otib o‘ldirildi, deya xabar bermoqda New York Post.

Hodisa Kvins dahasida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan ziyofat paytida yuz bergan. Voqeaga er-xotin Jamshid Ne’matov va Amira Ne’matova o‘rtasida kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgan.

Nizo paytida er xotiniga pichoq bilan zarba bergan va uni og‘ir jarohatlagan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari erkakdan qo‘lidagi pichoqni tashlashni talab qilgan.

ақш, нью-йорк, pichoqлади, o‘zbekistonlik

Biroq u talabga bo‘ysunmagan, politsiya xodimlari esa unga o‘q uzishga majbur bo‘lgan. Oqibatda Jamshid Ne’matov halok bo‘lgan. 43 yoshli xotini kasalxonada davolanmoqda va u erining o‘limidan xabardor emas.

Oilaning ismini oshkor etmagan qarindoshining aytishicha, erkakning sog‘lig‘ida muammolar bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, er-xotin 20 yildan buyon birga yashab kelgan va ularning 4 nafar — 23 va 20 yoshli ikki qizi hamda 17 va 14 yoshli ikki o‘g‘li bor.