Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov xorijdagi o‘zbekistonliklarga murojaat qilib, ularni hamkorlikka chaqirdi. Uning videomurojaati 1 oktabr kuni Berlinda «O'zbekistonlik» filmining ikkinchi qismi taqdimotida namoyish etildi.

«Bugun biz dunyo bo‘ylab tarqalib ketgan vatanning barcha intellektual salohiyatini birlashtirmoqchimiz. „O‘zbekiston“ so‘zini yuragining tubida saqlaydigan ko‘plab iste’dodli insonlardan to‘qilgan tarmoq yaratmoqchimiz. Biz uzoq vaqt davomida siz bilan masofa saqlagandik. Ufqdan tashqariga ketishga intilganlarni, o‘z yo‘lini izlaganlarni va o‘z baxtini topishga uringanlarni tushunishni istmadik va ulardan ranjidik», — deb ta’kidladi u.

«Yangi O‘zbekiston boshqacha fikrlaydi va hayot kechiradi hamda bunga barcha qo‘shnilarni chorlaydi», — deydi Aziz Abduhakimov.

«Davlatimiz rahbari hurmatli Shavkat Mirziyoyevning siyosati boshidanoq shaffoflikka, hamkorlikka va shartsiz xalqlar do‘stligiga qaratilgan edi. Biz geografik jihatdan cheklanmasligimiz va jahon hamjamiyatiga integratsiya bo‘lishni istaymiz», — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

«Aynan siz, o‘zbekistonliklar, vatandoshlarimiz — mamlakatimizning elchilarisiz», — dedi u.

«Sizlar dunyo hamjamiyatida bizning yuzimizsiz. Siz orqali hamkasblaringiz, hamkorlaringiz, do‘stlaringiz O‘zbekistonni taniydilar va shu bilan birga, mening ishonchim komilki, men o‘z mamlakatimga qanday yordam bera olaman, degan savollar hayolingizga albatta keladi. Menda buning javobi bor. O‘zingizni anglab, ismingizni ulug‘lab, baxtli bo‘lgan tarzda siz unga allaqachon yordam beryapsiz», — dedi u.

Aziz Abduhakimov vatandoshlarda imkon bo‘lsa, o‘z g‘oyalari va tashabbuslarini O‘zbekistonga hadya qilishni ta’kidladi.

«Mamlakatimiz ijodiy yordamiga muhtoj. Bugun biz siz uchun birinchi ko‘prikni barpo qilyapmiz. Axir, qayerda yashashimiz, qaysi millat vakili bo‘lishimiz, qaysi tilda gaplashishimizdan qat’i nazar, barchamiz — o‘zbekistonlarmiz!», — deya ta’kidladi u.

Avaalroq «O'zbekistonlik» filmining ikkinchi qismi Exolaunch sun’iy yo‘ldoshini uchirish kompaniyasi rahbari Dmitriy Bogdanov va Tesla kompaniyasi tahlilchisi Mushtariy Sharifova haqida hikoya qilishini yozgandik. G‘oya muallifi, Yoshlar masalalari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning ta’kidlashicha, film «yoshlar nigohida muvaffaqiyatga ishonchni yoqishi kerak».