«otm» tegli maqolalar


Ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovi muddati 15 martgacha uzaytirildi
15 fevral 2023, 11:43

Ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovi muddati 15 martgacha uzaytirildi

O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari, kollej va texnikumlarda kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 15 martga qadar uzaytirildi.

O‘zbekiston OTM, kollej va litseylarida o‘qish 23 yanvardan boshlanadi
20 yanvar 2023, 21:28

O‘zbekiston OTM, kollej va litseylarida o‘qish 23 yanvardan boshlanadi

Oliy ta’lim vazirligi OTM, kollej, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarda o‘qish 23 yanvardan boshlanishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari, kollej va litseylarida o‘qish bosqichma-bosqich boshlanadi
10 yanvar 2023, 14:27

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari, kollej va litseylarida o‘qish bosqichma-bosqich boshlanadi

Oliy ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, oliy o‘quv yurtlari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarda o‘qish mahalliy hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda 11 yanvardan bosqichma-bosqich boshlanadi. 20 yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.

OTMlarda kontrakt pullarini to‘lash muddati 20 yanvargacha uzaytirildi
5 yanvar 2023, 16:14

OTMlarda kontrakt pullarini to‘lash muddati 20 yanvargacha uzaytirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, OTMlarda kontrakt to‘lovini to‘lash muddati 20 yanvargacha uzaytirildi. Qaror bilan 2022 yil 10 dekabrdan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadigan bo‘ldi.

Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi
10 noyabr 2022, 18:23

Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat OTMlarda to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 10-dekabrgacha uzaytirildi. O‘qishini ko‘chirayotgan talabalar uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘lash va talabalar safiga qabul qilishning so‘nggi muddati ham 10-dekabr etib belgilandi.

Hokim yordamchilarini OTMga qabul qilish suhbat asosida bo‘lishi mumkin
7 noyabr 2022, 11:30

Hokim yordamchilarini OTMga qabul qilish suhbat asosida bo‘lishi mumkin

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ishlab chiqqan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilari suhbat asosida OTMga qabul qilinishi mumkin.

Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilariga to‘liq stavkada ishlashga ruxsat berildi
5 oktabr 2022, 10:12

Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilariga to‘liq stavkada ishlashga ruxsat berildi

Hukumat qarori bilan respublikadagi barcha tibbiyot oliygohlari bitiruvchilariga to‘liq stavkagacha ishlashga ruxsat beriladi. SSV shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi va 1 oktabrdan Surxondaryo viloyatida, 1 noyabrdan esa barcha hududlarda talabalarni vakant o‘rinlarga ishga joylashtiradi.

Ta’lim muassasalarida qishki ta’tilni tashkil etish tartibi belgilandi
4 oktabr 2022, 19:07

Ta’lim muassasalarida qishki ta’tilni tashkil etish tartibi belgilandi

Talabalarga dekabrning oxirgi 10 kunligi va yanvarning birinchi 10 kunligi oralig‘ida har yilgi 2 haftalik qishki ta’til beriladi. Ta’til shu paytgacha 1992 yildagi prezident farmoni bilan berilgan. 2022 yil 31 avgustda u o‘z quchini yo‘qotgandan so‘ng, bu borada Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

2022/2023 o‘quv yilida ta’lim kreditining 76 foizini ayollar oldi — Markaziy bank
28 sentabr 2022, 10:24

2022/2023 o‘quv yilida ta’lim kreditining 76 foizini ayollar oldi — Markaziy bank

2022/2023 o‘quv yilida shu vaqtgacha 27,8 ming nafar talabaga berilgan 317 mlrd so‘mdan ziyod imtiyozli kreditning 242 mlrd so‘mini ayollar oldi. Avvalroq, prezident oliy hamda o‘rta maxsus va professional ta’limda o‘quvchi xotin-qizlarning 7 yilga foizsiz ta’lim kreditini olishi haqida qaror chiqargandi.

Super-kontraktda o‘qish bo‘yicha yangi tartib belgilandi
7 sentabr 2022, 18:32

Super-kontraktda o‘qish bo‘yicha yangi tartib belgilandi

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi. Xususan, beshala yo‘nalishga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar birinchi yo‘nalishni tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun barcha OTMlarga alohida 6,5 mingta kvota ajratiladi
26 avgust 2022, 15:06

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun barcha OTMlarga alohida 6,5 mingta kvota ajratiladi

Faqat qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun mamlakatdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotasi ajratiladi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev juma kuni Jo‘qorg‘i Kengesdagi nutqi davomida.

Abituriyentlar testda to‘plagan bali bilan professional ta’lim muassasalariga o‘qishga topshirishlari mumkin bo‘ladi
11 avgust 2022, 18:28

Abituriyentlar testda to‘plagan bali bilan professional ta’lim muassasalariga o‘qishga topshirishlari mumkin bo‘ladi

OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun professional ta’lim muassasalariga kirish uchun ham ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi. Buning uchun ro‘yxatdan o‘tishda mazkur imkoniyatdan foydalanishni tanlashlari kerak.

O‘zbekistonda Yagona davlat imtihonini joriy etish bo‘yicha loyiha muhokamaga qo‘yildi
26 iyul 2022, 18:54

O‘zbekistonda Yagona davlat imtihonini joriy etish bo‘yicha loyiha muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab maktab bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarini majburiy fanlar va bakalavriat yo‘nalishlari fanlari bo‘yicha yagona test o‘tkazish orqali birlashtirish taklif etilmoqda.

OTMga kirish imtihonlari ochiq havoda o‘tkaziladi
6 iyul 2022, 15:31

OTMga kirish imtihonlari ochiq havoda o‘tkaziladi

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari ochiq havoda o‘tkaziladi, deb xabar berdi Davlat test markazi.

Joriy yilda OTMga kirish imtihonlari yopiq binolarda o‘tkazilishi mumkin
23 iyun 2022, 11:58

Joriy yilda OTMga kirish imtihonlari yopiq binolarda o‘tkazilishi mumkin

Joriy yilda OTMga kirish uchun test sinovlari to‘liq yopiq binolarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, deb ma’lum qildi DTM boshqarma boshlig‘i Javlon Nurmatov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlat komissiyasining yoki maxsus komissiyaning taklif va cheklovlariga bog‘liq.

OTMga o‘qishga kirishda kimlarga imtiyoz berilgan?
17 iyun 2022, 16:53 2

OTMga o‘qishga kirishda kimlarga imtiyoz berilgan?

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov OTMlarga kirishda beriladigan imtiyozlar qayta ko‘rib chiqilib, ayrimlaridan voz kechilishini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» kimlar qanday imtiyozlarga egaligi bo‘yicha ma’lumotlarni bir materialga jamladi. Ularning orasida zulfiyachilardan tortib, harbiy xizmatchilargacha bor.

«Bunga hali tayyor emasmiz». Abduqodir Toshqulov OTMlarni xususiylashtirish haqida
17 iyun 2022, 12:25

«Bunga hali tayyor emasmiz». Abduqodir Toshqulov OTMlarni xususiylashtirish haqida

Davlat OTMlarini xususiylashtirish bo‘yicha jarayon hali ham boshlanmagan. Oliy ta’lim vazirining fikricha, «bunga hali tayyor emasmiz». «Chunki juda ko‘p davlat tashkilotlari orasida xususiylashtirilgandan keyin ish bermagani ham bor… 2023 yildan boshlab kirishish niyatidamiz», — dedi Abduqodir Toshqulov.

O‘zbekiston davlat OTMlarida o‘qishni ko‘chirishning yangi tartibi belgilandi
16 iyun 2022, 15:52 1

O‘zbekiston davlat OTMlarida o‘qishni ko‘chirishning yangi tartibi belgilandi

Xorijdagi ta’lim muassasalaridan O‘zbekistondagi davlat OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish taqiqlandi. Talabalar turmush qurganda, davlat xodimining ish joyi boshqa hududga ko‘chirilganda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

OTMlarga kirishdagi imtiyozlar qayta ko‘rib chiqiladi — oliy ta’lim vaziri
16 iyun 2022, 12:29

OTMlarga kirishdagi imtiyozlar qayta ko‘rib chiqiladi — oliy ta’lim vaziri

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov OTMlarga kirishda beriladigan barcha imtiyozlar qayta ko‘rib chiqilib, inventarizatsiyadan o‘tkazilishini ma’lum qildi. «Juda ko‘p va xo‘p imtiyozlarimiz bor. Keyingi o‘quv yilidan shu imtiyozlarning vaqtini yashab bo‘lganlaridan voz kechamiz», — dedi u.

Davlat OTMlariga onlayn-qabul 20 iyundan boshlanadi
16 iyun 2022, 09:45

Davlat OTMlariga onlayn-qabul 20 iyundan boshlanadi

Davlat OTMlarga kirish uchun abituriyentlarni onlayn-qabul 20 iyundan 20 iyulgacha davom etadi. Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun esa qabul 10 iyulga qadar amalga oshiriladi. Abituriyentlar 5 tagacha yo‘nalish bilan birga ta’lim shaklini ham tanlash imkoniyati berilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting