«otm» tegli maqolalar


OTMlarda tahsil olayotgan yetim bolalar davlat qaramog‘ida bo‘ladi
24 noyabr 2020, 10:42

OTMlarda tahsil olayotgan yetim bolalar davlat qaramog‘ida bo‘ladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar barcha ta’lim muassasalari, shu jumladan, OTMlarda ta’lim-tarbiya oladigan muddatda to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi. Bundan tashqari, davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga ta’lim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun pul mablag‘lari ajratiladi.

Ta’lim shaklini tanlashda talabalar va OTMlarning imkoniyatlari hisobga olinadi
14 noyabr 2020, 16:40

Ta’lim shaklini tanlashda talabalar va OTMlarning imkoniyatlari hisobga olinadi

16 noyabr kuni an’anaviy ta’lim shakliga barcha talabalar yoki barcha kurslar jalb qilinmaydi va OTMlar imkoniyatidan kelib chiqib, barcha kurslarni navbat bilan an’anaviy ta’limga jalb etiladi. Shuningdek, talabalarning imkoniyatlari agar mavjud bo‘lmasa, o‘z xohishi bilan masofaviy ta’limda davom ettirishi mumkinligi ma’lum qilindi.

30 kishilik auditoriyaga 15 nafar talaba kiritiladi
14 noyabr 2020, 16:03

30 kishilik auditoriyaga 15 nafar talaba kiritiladi

16 noyabrdan qayta tiklanadigan an’anaviy shakldagi o‘quv jarayonida, auditoriyalarga belgilangan sig‘imning 50 foizigacha talabalar kiritiladi. Ya’ni, 30 kishilik auditoriyada bo‘lib o‘tadigan darslarga 15 nafar talaba qatnashadi.

16 noyabrdan talabalar uchun an’anaviy o‘qishlar boshlanadi
12 noyabr 2020, 23:04

16 noyabrdan talabalar uchun an’anaviy o‘qishlar boshlanadi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan barcha oliy ta’lim muassasalarida 16 noyabrdan o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda davom ettiriladi. An’anaviy ta’lim shakliga o‘tishga tayyorgarlik oktyabr oyida boshlangan edi.

OTMga kirishda maktab bitiruvchilarning 6 yillik baholari inobatga olinadi
24 oktabr 2020, 12:40

OTMga kirishda maktab bitiruvchilarning 6 yillik baholari inobatga olinadi

Maktab bitiruvchilarning 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, bu — Prezident topshirig‘i va farmon loyihasida o‘z aksini topadi.

Eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar «byudjet»ga o‘tkazildi
5 oktabr 2020, 12:23

Eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar «byudjet»ga o‘tkazildi

OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar «byudjet»ga o‘tkazildi. Respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari uchun qo‘shimcha grant o‘rinlari ajratilmoqda.

Tibbiyot OTMlariga an’anaviy ta’limga o‘tishga ruxsat berildi
2 oktabr 2020, 16:52

Tibbiyot OTMlariga an’anaviy ta’limga o‘tishga ruxsat berildi

Koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlariga talab yuqoriligini inobatga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonlarini qisman an’anaviy shaklga o‘tkazishga ruxsat berildi.

Abituriyentlarning imtihon natijalari bugun e’lon qilinadi
25 sentabr 2020, 13:40 1

Abituriyentlarning imtihon natijalari bugun e’lon qilinadi

Abituriyentlarning imtihon natijalari 25 sentyabr kuni soat 15:00 da DTM rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Avvalroq DTM natijalar allaqachon aniq ekani, faqat bu yil ko‘plab yoshlarga imtiyozlar berilganligi sababli, ularni qo‘shib chiqish ishlari yakunlanayotganligi haqida xabar bergan edi.

To‘rtta hududda universitetlarga kiritib qo‘yishga va’da berganlar hibsga olindi
16 sentabr 2020, 15:12

To‘rtta hududda universitetlarga kiritib qo‘yishga va’da berganlar hibsga olindi

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda oliy o‘quv yurtlariga kiritib qo‘yishni va’da qilgan fuqarolar hibsga olindi.

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti tashkil etildi
27 avgust 2020, 17:20

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti tashkil etildi. Unda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Foto. Toshkentda kirish imtihonlariga tayyorgarlik
26 avgust 2020, 13:16

Foto. Toshkentda kirish imtihonlariga tayyorgarlik

2−13 sentyabr kunlari davlat OTMlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Toshkent shahrida test sinovlari 6 joyda 17 maydonchada o‘tkaziladi. Gazeta.uz poytaxtdagi tayyorgarlik ishlarini o‘rganib chiqdi.

Andijon va Xorazmda 4000 dollarga OTMga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
24 avgust 2020, 14:49

Andijon va Xorazmda 4000 dollarga OTMga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Andijon va Xorazmda fuqarolarni 4 ming AQSH dollariga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar tezkor tadbir davomida ashyoviy dalil bilan ushlandi. Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar boshlandi
20 avgust 2020, 19:55

Ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar boshlandi

«Metallurg» sport majmuasining futbol maydonida Moskva po‘lat va qotishmalar instituti («MISiS») Olmaliq filialiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

OTMlarda to‘lov-kontraktlar miqdori 10 foizga pasaytiriladi
14 avgust 2020, 20:40

OTMlarda to‘lov-kontraktlar miqdori 10 foizga pasaytiriladi

O‘zbekiston OTMlarida to‘lov-kontraktlar miqdori 10 foizga pasaytiriladi. Pandemiya sharoitida talabalarni qo‘llab-quvvatlash chegirmalar bilan cheklanib qolmaydi.

Test sinovlari 2 sentyabrdan boshlanadi
7 avgust 2020, 17:16

Test sinovlari 2 sentyabrdan boshlanadi

2020−2021 o‘quv yili uchun qabul test sinovlari 2 sentyabrdan boshlanib, 14 kun davomida o‘tkaziladi. Hozirda barcha binolar va stadionlarni jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Prezident talabalar uchun arzon internet trafiklari joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi
7 avgust 2020, 13:37

Prezident talabalar uchun arzon internet trafiklari joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident mutasaddilarga chekka hududlarni ham internet bilan ta’minlash hamda talabalar uchun arzonlashtirilgan internet trafiklarini ajratish bo‘yicha topshiriq berdi.

Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha qo‘llanma
26 iyul 2020, 19:42 5

Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha qo‘llanma

5 avgustga qadar talabalar o‘qishlarini boshqa OTM yoki fakultetga ko‘chirish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin. Buni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim etamiz.

Talabalar turar-joylari karantinda saqlash joylariga aylantiriladi
8 iyul 2020, 13:38

Talabalar turar-joylari karantinda saqlash joylariga aylantiriladi

Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan karantin majmuasida saqlanayotgan shaxslar uy karantiniga hamda OTM va kasb-hunar kollejlarining talabalar turar-joylari bazasida tashkil etilgan karantinda saqlash joylariga o‘tkaziladi. Oliy ta’lim vazirligi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan karantinda saqlash infratuzilmasiga ega OTM va kollejlar ro‘yxatini tuzib chiqadi.

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha grant kimlarga beriladi
24 iyun 2020, 14:35

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha grant kimlarga beriladi

Hukumat qarori bilan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha grant asosida OTMga kirish tartibi belgilandi. Grantda o‘qish uchun tavsiyanomalarning kimlarga va qanday berilishi ma’lum qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting