O‘zbekistondagi oliy va professional ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 15 martga qadar uzaytirildi, deb xabar berdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontraktni rasmiylashtirish muddati uzaytirildi.

Bu tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka, professional ta’lim muassasalariga (kollej, texnikum) o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalarga ham taalluqli.

Shuningdek, 2023 yil 20 yanvardan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 2023 yil 20 yanvargacha uzaytirilgandi. O‘qishini ko‘chirayotgan talabalar uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘lash va talabalar safiga qabul qilishning so‘nggi muddati ham 20 yanvar etib belgilangandi.