2022/2023 o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida OTMning barcha tibbiyot yo‘nalishida o‘qiyotgan bitiruvchi kurslarga mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq stavkagacha ishlashga ruxsat beriladi.

Bu haqda hukumatning 3 oktabrdagi «Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi [561-sonli] qarori qabul qilindi, deya xabar berdi Adliya vazirligi.

Bunda barcha tibbiyot va OTMlarning «Davolash ishi», «Pediatriya ishi» va «Tibbiy-profilaktika ishi» yo‘nalishlari bitiruvchi kurslari to‘liq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya bo‘limlarida shifokor sifatida ishlashi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, barcha tibbiyot OTMlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq stavkagacha ishlay oladi.

«Davolash ishi», «Pediatriya ishi» va «Tibbiy-profilaktika ishi» yo‘nalishlari bo‘yicha barcha bosqich talabalari fanlar va amaliy mashg‘ulotlarning nazariy qismini masofaviy o‘zlashtiradi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Sog‘liqlni saqlash vazirligi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi va birinchi bosqichda 2022 yil 1 oktabrdan Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 1 noyabrdan barcha hududlarda talabalarni vakant o‘rinlarga ishga joylashtiradi.