15-iyun kuni “2023/2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi prezident farmoyishi [F-31-son] qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Farmoyishga muvofiq, 2023/2024 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari:

  • bakalavriat bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga — 34 860 nafar;
  • magistratura bo‘yicha — 8 923 nafar etib tasdiqlandi.

Tizimida OTM bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar kontrakt asosidagi qabul parametrlarini 2023-yil 20-iyungacha tasdiqlaydi.