«oliy sud» tegli maqolalar


Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
21 oktabr 2021, 21:09

Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Oybek Barakabayev va Doniyorjon Tojiboyev o‘n yil muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylandi.

115 nafar qatag‘on qurbonlari nomlari oqlandi — Oliy sud
25 avgust 2021, 19:31

115 nafar qatag‘on qurbonlari nomlari oqlandi — Oliy sud

6 ta jinoyat ishi bo‘yicha reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan 115 nafar qatag‘on qurbonlari oqlandi.

Sportchi Elbek Rahimovni o‘ldirganlikda gumon qilinayotganlar orasida maktab o‘quvchilari ham bor
19 avgust 2021, 13:26

Sportchi Elbek Rahimovni o‘ldirganlikda gumon qilinayotganlar orasida maktab o‘quvchilari ham bor

Qashqadaryoda sportchi Elbek Rahimov o‘limi yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida sportchi qotillikda gumonlanuvchilardan biri bilan o‘zaro nizoda bo‘lgani aytildi. Gumonlanuvchilarning eng kattasi 29 yoshda, eng kichigi — 16−17 yoshli maktab o‘quvchilari. Mazkur ish bo‘yicha sud ishi barcha uchun ochiq tarzda o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Otabek Sattoriy ishi: sud hukmi o‘z kuchida qoldirildi
15 iyul 2021, 12:10

Otabek Sattoriy ishi: sud hukmi o‘z kuchida qoldirildi

Apellyatsiya sudi avvalroq 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy uchun jazo muddatini o‘z kuchida qoldirdi. Blogerga ikkita uyi qaytariladi.

Korrupsionerlarga jazoni o‘tashda yengillik berilmaydi — Oliy sud
9 iyul 2021, 18:03

Korrupsionerlarga jazoni o‘tashda yengillik berilmaydi — Oliy sud

Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimovning qayd etishicha, qonunchilikka o‘zgartirish kiritish orqali korrupsionerlarga jinoiy jazoni o‘tashda yengillik berilmaydi. Masalan, korrupsion jinoyatni sodir etganlar muddatidan oldin ozodlikka chiqarilmaydi, ularga tayinlangan jazo yengilrog‘iga almashtirilmaydi.

Oliy sud Bobur ko‘chasidagi 7-uyning himoyachilari foydasiga qaror chiqardi
15 iyun 2021, 13:53

Oliy sud Bobur ko‘chasidagi 7-uyning himoyachilari foydasiga qaror chiqardi

Toshkentdagi 7-uy ishi bo‘yicha avvalgi instansiyalar sudlarining qaroriga qarshi Universal Packing Master va Jemchug House`larning murojaati qanoatlantirilmadi. Oliy sud shahar aholisi foydasiga qaror chiqardi.

Oliy sud 16 nafar mahkuma ayolga jazoni o‘tash muddatini qisqartirdi
3 mart 2021, 14:57

Oliy sud 16 nafar mahkuma ayolga jazoni o‘tash muddatini qisqartirdi

Oliy sud og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarda aybdor deb topilgan 16 nafar ayolning aybini tan olganligini va pushaymonligini inobatga olgan holda, ularning jazosini yengillashtirdi. Shulardan 14 nafari ozod qilindi va oilalariga qaytarildi.

Senatorlar Xalilillo To‘raxo‘jayevni Oliy sud raisi o‘rinbosarligiga tasdiqladi
5 fevral 2021, 11:29

Senatorlar Xalilillo To‘raxo‘jayevni Oliy sud raisi o‘rinbosarligiga tasdiqladi

Senatorlar Xalilillo To‘raxo‘jayevni Oliy sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tasdiqladi. U bunga qadar Kadastr agentligi direktori sifatida ishlab kelayotgan edi.

Sud «Universam» binosi joylashgan yerni tortib olish bo‘yicha Toshkent hokimi qarorini bekor qildi
29 yanvar 2021, 17:26

Sud «Universam» binosi joylashgan yerni tortib olish bo‘yicha Toshkent hokimi qarorini bekor qildi

Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi Yunusobod tumanidagi 65 ta tadbirkorga tegishli bino va inshootlar joylashgan yerni («Universam») olib, «Urban Developers»ga berish to‘g‘risidagi Toshkent hokimi qarorini haqiqiy emas deb topdi.

2020 yilda ajralishlar bo‘yicha sud ishlarining 14 481 tasida da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan
21 yanvar 2021, 13:50

2020 yilda ajralishlar bo‘yicha sud ishlarining 14 481 tasida da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan

2020 yilda O‘zbekiston fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 291 182 ish ko‘rib chiqilgan, ularning asosiy qismini bitimlar, ajralishlar va binolarni ruxsatsiz buzish bilan bog‘liq ishlar tashkil qilgan.

2020-yilda 7 110 nafar shaxs ozodlikdan maxrum qilingan
20 yanvar 2021, 17:48

2020-yilda 7 110 nafar shaxs ozodlikdan maxrum qilingan

Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda 38 149 nafar shaxsga nisbatan 30 284 ta jinoyat ishi ko‘rilgan. Sudlanganlar esa 27 999 nafarni tashkil etgan. Shundan 7 110 nafariga qamoq jazosi tayinlangan. Yil davomida 781 nafar shaxs oqlangan.

«Sardoba ishi» bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi
25 dekabr 2020, 16:27 1

«Sardoba ishi» bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi

21 dekabr kuni sudlanuvchilar M. Xolmatov va boshqalar (jami 17 kishi) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi.

YPX xodimini kaltaklagan ikki sudya ishdan bo‘shatildi, ularning sherigiga xayfsan berildi
1 dekabr 2020, 19:12

YPX xodimini kaltaklagan ikki sudya ishdan bo‘shatildi, ularning sherigiga xayfsan berildi

Oktyabrda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining uch nafar sudyasi poytaxtda mast holda YPX xodimini kaltaklagan edi. Ularning ikki nafari ishdan bo‘shatildi, yana bir nafariga xayfsan berildi. Oliy sud o‘tgan 11 oyda o‘zini munosib tutmagan 8 nafar sudyaning bo‘shatilgani, yana 27 nafariga intizomiy chora qo‘llanilganini ma’lum qildi.

Andijonda fuqaroni qiynoqqa solib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan IIO xodimlariga sud hukmi o‘qildi
27 noyabr 2020, 14:07

Andijonda fuqaroni qiynoqqa solib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan IIO xodimlariga sud hukmi o‘qildi

Andijon shahrida fuqaroni qiynoqqa solib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan Oliy sud hukmi o‘qildi. Aybdorlarga 10, 9 va 8,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sud UzAuto Motors ishi bo‘yicha MQKQ qarorini haqiqiy emas deb topdi
30 oktabr 2020, 17:53

Sud UzAuto Motors ishi bo‘yicha MQKQ qarorini haqiqiy emas deb topdi

Toshkent shahar ma’muriy sudi UzAuto Motors AJning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini qanoatlantirdi. Qo‘mitadan UzAuto Motors tomonidan to‘langan davlat bojini undirilishi belgilandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sud qarori ustidan shikoyat qilishini ma’lum qildi.

UzAutoMotors`ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ustidan shikoyati bo‘yicha sud jarayoni boshlandi
2 oktabr 2020, 16:36

UzAutoMotors`ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ustidan shikoyati bo‘yicha sud jarayoni boshlandi

Toshkent shahar ma’muriy sudida UzAutoMotors`ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.

Chiroqchida gumondorni kaltaklab, o‘ldirib qo‘ygan IIB xodimlariga nisbatan hukm chiqarildi
21 sentabr 2020, 15:53 1

Chiroqchida gumondorni kaltaklab, o‘ldirib qo‘ygan IIB xodimlariga nisbatan hukm chiqarildi

Chiroqchi tumanida gumondor fuqaroni kaltaklab, o‘ldirib qo‘ygan sobiq IIB xodimlariga hukm chiqarildi. Unga ko‘ra, N.Ovlayev 9 yilga, A.Janqabilov 8 yil 6 oyga, Sh. Raxmonov 6 yilga, A.Tojinorov 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. B.G‘ayratovga esa 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Sud Nariman Grigoryanni o‘ldirganlikda ayblanayotgan shaxsga hukm chiqardi
27 avgust 2020, 14:47

Sud Nariman Grigoryanni o‘ldirganlikda ayblanayotgan shaxsga hukm chiqardi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi dizayner Nariman Grigoryanni o‘ldirishda ayblanayotgan shaxsni 18 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Sudyalar oliy kengashiga yangi rahbar tayinlandi
10 avgust 2020, 18:28

Sudyalar oliy kengashiga yangi rahbar tayinlandi

Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashi raisi etib tayinlangani munosabati bilan Oliy sud raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

2020 yil boshidan buyon ma’muriy sudlar qariyb 150 ming ishni ko‘rib chiqdi
23 iyul 2020, 17:30

2020 yil boshidan buyon ma’muriy sudlar qariyb 150 ming ishni ko‘rib chiqdi

2020 yilning birinchi yarmida ma’muriy sudlar tomonidan 150 mingga yaqin ish ko‘rib chiqildi. Shulardan 120,5 ming nafar shaxsga nisbatan jarima, maxsus huquqdan mahrum etish, ma’muriy qamoqqa olish va O‘zbekiston hududidan chiqarib yuborish kabi ma’muriy jazolar qo‘llanilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting