Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida Oliy sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga Xalilillo To‘raxo‘jayev saylandi.

Bunga qadar, «Gazeta.uz» manbasiga tayanib, Xalilillo To‘raxo‘jayev Oliy sud raisining fuqarolik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tacdiqlanishi haqida ma’lum qilgan edi. 14 yanvar kuni To‘raxo‘djayev Sudyalar oliy kengashida suhbatdan ham o‘tgan edi.

Xalilillo To‘raxo‘jayev 2017 yil 12 dekabridan 2020 yilning 30 iyuniga qadar Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligini boshqargan.

Undan so‘ng, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi, tizim qayta tashkil etilgach esa, Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Kadastr agentligi direktori sifatida ishlab kelayotgan edi.

U shuningdek, O‘zbekiston prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan.