Reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan 115 nafar qatag‘on qurbonlari jami 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati “Gazeta.uz"ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, prezidentning “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi va qatag‘on qurbonlarining nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.

Yo‘l xaritasining 10-bandida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan, ayrim sabablarga ko‘ra reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatag‘on qurbonlari nomlarini oqlash yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish belgilangan.

Shu munosabat bilan qatag‘on qurbonlarining reabilitatsiyasi bo‘yicha masala o‘rganib chiqilgan hamda Respublika ishchi guruhiga takliflar ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

Oliy sudga 24 fevral kuni 115 nafar shaxsga nisbatan 6 ta jinoyat ishi kelib tushgan bo‘lib, ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Mazkur jinoyat ishlarida sud majlisi bayonnomasi yoki sud hujjatlari (hukm yoki boshqacha qaror) mavjud emasligi, ishlarda faqatgina OGPUning uchlik majlisi bayonnomasidan ko‘chirma borligi aniqlangan. Jumladan:

1. Nosirxon to‘ra (Nasыrxan Tyurya Said Kamalxon Tyuryayev) va boshqalarga oid (92 nafar shaxsga nisbatan) jinoyat ishi yuzasidan.

1930 yil 27 oktyabrdagi suddan tashqari OGPUning uchlik majlisi bayonnomasi ko‘chirmasiga ko‘ra:

  • Mansurbay Shirgaziyev, Mat Ibragim Urunbayev, Djurabay Karы Mir Isxakov, Toxtasun Baltabayev, Xamra Xodja Mallya Xodjayev, Abbasxan Karы Aziz Xodjayev, Xalmirza Umurzakov, Xodjibay Abdubayev, Akramxan Tyurya Mallya Xodjayev, Muxamadiyev Axmadsha, Xasanbay Rustamov, Abdu Gani Sadыkbayev — O‘zbekiston SSR JKning 78, 14−78 va 67-moddalari bilan otib tashlangan.
  • Abdujalil Mamatshayev, Mulla Fazыl Babamuxamedov, Mulla Nugman Karimov, Mulla Sabit Tashmatov, Madat Babakulov, Raimbay Urumbayev, Mulla Usman Karы Dadabayev, Yuldashev Mulla Tadjibay — 10 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;
  • Mulla Israil Sadыkbayev, Mama Zakir Shukurbayev, Mulla Turdы Ashirmatov, Abduxalil Abdurazakov, Muxamed Sadыk Maxmudbayev, Allyaxan Abdulla Xodjayev — 8 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;
  • Xasan Xan Nasыrxan Tyuryayev, Abdulla Karы Katta Sheyxov — 6 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;
  • Kurbanbay Yusupbayev, Mulla Djurabay Bachebayev, Imam Ali Kasыmbayev, Mamed Ali Said Muratov, Axmed Ali Said Muratov, Damulladjan Abulkasыmov, Mulla Alixan Azizbayev, Abdul Axad Nishanbayev, Saydulla Maksudov, Dada Xodja Appak Xodjayev, Mat Ibragim Baratbayev, Mulla Abdulxay Karы Dadabayev, Zikriya Xodja Akramxanov, Abduxalыk Abdugafarov — 5 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;
  • Xodjam Berdы Madaminov, Karimbay Saidbayev, Raxmatulla Abdu Vaxabov, Askar Ali Abduvaxabov, Abduraxman Tapildыbayev, Muxamedsha Kanoatshayev, Tyuryabay Kadыrkulov, Xashimbay Xakimbayev, Mamarasul Tyuryabayev, Ata Mirza Abduraximov, Mulla Abdukadыr Mamad Karimov, Payzыbay Usmanov, Saidbay Ustababayev, Nuretdin Karы Asadullayev, Mulla Askar Nazarmatov, Sayfetdin Karы Abdujalilov, Baxram Maksudov, Inamdjan Karы Muxamed Aminov, Abdulladjan Karы Madraimov, Mulla Axmad Ali Abdu Fattaxov, Baltabay Urazaliyev, Mulla Mumin Rustamov — 3 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;
  • Isakdjan Alibayev, Isametdin Xodji Nurmamedov, Mulla Mamadjan Karabayev — 2 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;
  • Nur Muxamed Ustababayev, Barat Uzakbayev, Abdulladjan Madali Xodjayev, Dada Mirza Abduvaxidov, Muyetdinxan Shaidxan Xodjayev, Isanbay Urazbayev — 1 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;
  • Xodjixan Mulla Karimbayev, Dadadjan Abul Kasыmov, Imamxan Mumin Xodjayev, Baba Muxamed Dadadjanov, Shukurbay Shir Aliyev, Abdulla Bay Mansurbayev, Xalmamad Ustababayev, Ilmiyamin Yusupbayev, Uzakbay Lolakariyev, Akbar Xodji Abdu Vaxabov — O‘zbekiston SSR JKning 58, 67, 78, 14−78-moddalari bilan ularning OGPU uchlik majlisiga qadar qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinganlar.

Mavjud ish materiallaridan aniqlanishicha, ushbu jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida o‘tgan barcha shaxslar hibsga olingach, dastlab ayblovni inkor qilib kelgan bo‘lsa-da, so‘ng tayziqlar ostida ayblariga iqrorlik bildirib ko‘rsatuv berganliklari so‘roq bayonnomasida o‘z ifodasini topgan, ularning o‘rtasida yuzlashtirish o‘tkazilmasdan, faqat bergan ko‘rsatuvlari ishga tikilgan.

2. Ibragimbek Chakabayev va boshqalarga oid (16 nafar shaxsga nisbatan) jinoyat ishi yuzasidan.

OGPUning 1932 yil 13 apreldagi bayonnomasidan ko‘chirma mavjud. Biroq OGPUning hukmi mavjud emas: 1932 yil 13 aprelda Ibragim bek Chakabayev, Abdukayum Parvanachi Ulayev, Ishan Isaxan Mansurxanov, Alimardon Datxo Muxamedov, Sulayman Salaxutdinov, Kur Artыk Ashirov, Mulla Niyaz Parvanachi Xakimov, Mulla Axmad Biy Saidov, Tashmat Xodja Berdiyev, Azim Marka Astanakulov, Kuganbek Shiraliyev, Shaxasan Imankulov, Mirzakayum Cherov, Kugan Kendjayev, Alyat Palvan Il’mirzayev, Ishan Palvan Baxadur Zадеga oid jinoyat ishi OGPU tomonidan ko‘rib chiqilib, otib o‘ldirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Mazkur jinoyat ishi sud tomonidan ko‘rib chiqilmagan, jinoyat ishida sud hukmi yoki bayonnomasi mavjud emas.

3. Teregulov Osman Igmatulovich va boshqalarga oid (4 nafar shaxsga nisbatan) jinoyat ishi yuzasidan.

  • Ma’muriy surgun qilish Komissiyasining 1922 yil 5 martdagi qaroriga ko‘ra, Teregulov Osman Igmatulovich, Yungerov Aleksandr Vasilevich, Muratov Iskandar Isxakovich va Gaynulin Zagidlulla Gayduloyevich JK 60-moddasiga asosan aybdor deb topilishib, O. Teregulov — 3 yil konslagerda, A. Yungerov 2 yil konslagerda jazo o‘tashi belgilangan;
  • I. Muratov va Z. Gaynulin javobgarlikdan ozod qilinib, Turkiston, Bashkiriya, Tatariston va Kavkaz Respublikalarida yashash huquqidan mahrum qilingan;
  • Xorazm Respublikasi favqulotdagi sessiyasi Oliy Revolyutsiya Tribunali tomonidan 1922 yil 18 noyabr kuni JK 40-moddasiga asosan Teregulov Osman Igmatulovich, Yungerov Aleksandr Vasilevich, Muratov Iskandar Isxakovich va Gaynulin Zagidlulla Gayduloyevich otishga hukm qilingan.

Ushbu holatlar yuzasidan jinoyat ishlari alohida ish yurituvga ajratilgan.

4. Daminov Lатифga oid jinoyat ishi yuzasidan.

SSSR Oliy sud harbiy hay’ati sayyor sudining 1938 yil 15 oktyabrdagi hukmiga ko‘ra, L. Daminov — otishga hukm qilinib, mol-mulki musodara qilinishi belgilangan.

1938 yil 15 oktyabrdagi ma’lumotnomaga ko‘ra, Daminov Lатифни otish haqidagi hukm ijrosi amalga oshirilganligi ko‘rsatilgan.

5. Sultanov Гафурga oid jinoyat ishi yuzasidan.

1930 yil 27 oktyabrdagi Markaziy Osiyo Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengashi qarori bilan O‘zbekiston SSR JK 58-modda 2-qismi (qurolli to‘dalar, sovet hududiga qurolli qo‘zg‘olon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda bostirib kelishi) va 59-modda 3-qismi (Chet el davlatlari bilan aksilinqilobiy maqsadlarda aloqada bo‘lish) bo‘yicha aybdor deb topilgan va otuvga hukm qilingan.

6. Kiramov Kиvaмga oid jinoyat ishi yuzasidan.

SSSR Oliy sudi harbiy hay’atining 1938 yil 9 oktyabrdagi hukmiga ko‘ra, JK 58,64 va 67-moddalari bilan K. Kiramov otuvga hukm qilinib, barcha mol-mulki musodara qilingan.

Bosh prokuror o‘rinbosari tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan jinoyat ishlari yuzasidan tegishli tartibda Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga protestlar keltirilgan.

25 avgust kuni ushbu jinoyat ishlari Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlislarida ko‘rib chiqilib, keltirilgan protestlar qanoatlantirildi va JPKning 83-moddasiga (Reabilitatsiya uchun asoslar) asosan 115 kishi oqlandi.