Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi, deya xabar qildi parlament yuqori palatasi matbuot xizmati.

Majlisda Oybek A’zamjonovich Barakabayev va Doniyorjon Muxamatjonovich Tojiboyevni o‘n yillik muddatga O‘zbekiston Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, Oliy sudning ayrim sudyalari boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimlaridan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Oybek Barakabayev bunga qadar Andijon viloyat ma’muriy sudining sudyasi, Doniyorjon Tojiboyev esa Namangan tumanlararo ma’muriy sudining raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.