«ob-havo» tegli maqolalar


Yanvarda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
29 dekabr 2023, 13:12

Yanvarda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

Yanvar oyida havo harorati me’yorga yaqin, ba’zi joylarda me’yordan 1−1,5 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar qildi O‘zgidromet. Yil quruq va iliq havo bilan boshlanadi. Harorat kechalari qisqa davrga −10…−13 daraja sovuqqacha pasayishi mumkin. Yog‘ingarchilik ba’zi joylarda me’yordan kam bo‘ladi.

O‘zbekiston aholisi bu yil ham Yangi yil bayramini qorsiz kutib oladi
29 dekabr 2023, 12:05

O‘zbekiston aholisi bu yil ham Yangi yil bayramini qorsiz kutib oladi

Juma kunidan O‘zbekistonga sovuq hamda nam havo kirib keladi va harorat 0 darajagacha tushadi. Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi va O‘zbekiston aholisi bu yil ham Yangi yil bayramini qorsiz kutib oladi. 1-yanvarga kelib harorat +13 darajaga yetadi.

Hafta davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
25 dekabr 2023, 12:54

Hafta davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda 26−27 va 29-dekabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi, shimolda qorga aylanishi kutilmoqda. Harorat kechalari +2…+7, kunduzi +8…+13 daraja (29-dekabrda +5…+10) iliqqacha pasayadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo isiydi
22 dekabr 2023, 12:26

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo isiydi

O‘zbekiston hududiga 23−24-dekabr kunlari iliq havo kirib kelishi davom etadi va harorat ko‘tariladi.

Seshanba kuni hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
18 dekabr 2023, 11:15

Seshanba kuni hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

Seshanbadan nisbatan sovuq havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqalib, aksariyat hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi. 19−21-dekabr kunlari harorat kechasi −0…−10 darajagacha, kunduzi −2…−7 darajagacha pasayadi. Jumadan havo +9 darajagacha isiydi.

Havo shanba kuni ba’zi hududlarda qor va yomg‘irli, yakshanbada esa quruq bo‘ladi
15 dekabr 2023, 11:15

Havo shanba kuni ba’zi hududlarda qor va yomg‘irli, yakshanbada esa quruq bo‘ladi

O‘zbekistondan sovuq antitsiklon tez chekinmoqda. Juma va yakshanba kunlari kunduzi mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +7 darajagacha isiydi. Shanba esa biroz yomg‘ir va qorli o‘tishi, tuman tushishi kutilmoqda.

Juma kuni harorat +9 darajagacha ko‘tariladi
13 dekabr 2023, 17:18

Juma kuni harorat +9 darajagacha ko‘tariladi

14-dekabrdan O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi. 15−17-dekabr kunlari kechasi 0…+2 darajagacha, kunduzi 0…+9 darajagacha o‘zgarib turadi. 16-dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin.

Haftaning ikkinchi yarmidan harorat ko‘tarila boshlaydi
11 dekabr 2023, 11:50

Haftaning ikkinchi yarmidan harorat ko‘tarila boshlaydi

Dushanba va seshanba kunlari respublikaning ko‘plab hududlarida yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechalari −8…−20 daraja, kunduzi −3…−12 daraja atrofida bo‘ladi. Joylarda tuman tushib, yaxmalak yuzaga keladi. Chorshanbadan jumagacha harorat +7 darajagacha ko‘tarilishi va yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi
7 dekabr 2023, 12:39

Dam olish kunlari ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi

Dam olish kunlarida O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Harorat kechasi +5…−10 daraja, kunduzi +10…-5 daraja atrofida bo‘ladi.

Iliq havo hafta o‘rtasigacha saqlanib turadi
4 dekabr 2023, 10:45

Iliq havo hafta o‘rtasigacha saqlanib turadi

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘ylab quruq va o‘ta iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi +15…+20 daraja bo‘ladi. Keyinchalik harorat foni pasayib, juma kuni kechasi 0…+5, kunduzi +7…+12 darajagacha tushishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi
1 dekabr 2023, 11:31

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi

O‘zbekistonda 2−3-dekabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asta-sekin ko‘tarilib, kunduzi +18 darajagacha, kechasi +7 darajagacha iliq bo‘ladi.

Hafta o‘rtasida harorat pasaya boshlaydi
27 noyabr 2023, 11:56

Hafta o‘rtasida harorat pasaya boshlaydi

O‘zbekistonda 29-noyabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol kuchayadi. Havo harorati pasayishni boshlaydi va ish haftasining ikkinchi yarmida kechasi +7, kunduzi +15 darajagacha iliq, shimolda kechasi -5 darajagacha sovuq, kunduzi +10 darajagacha iliqni tashkil etadi.

Dam olish kunlari havo isiydi
24 noyabr 2023, 11:37

Dam olish kunlari havo isiydi

O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat ko‘tarilib, shanba kuni +17…+20, yakshanba kuni +20…+23 darajagacha isiydi. Ba’zi joylarda shamol kuchayishi mumkin.

Hafta o‘rtasida havo sovib, yomg‘ir yog‘adi
20 noyabr 2023, 12:00

Hafta o‘rtasida havo sovib, yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda hafta boshida havo iliq bo‘lib, harorat +24…+27 darajagacha ko‘tariladi. Chorshanba kuni nam havo massasi tarqaladi va respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘adi. 23−24-noyabr kunlari harorat kechasi +3…+6 iliqqacha, shimolda −1…−3 daraja sovuqqacha pasayadi.

Dam olish kunlari havo harorati pasayib, yomg‘ir yog‘adi
17 noyabr 2023, 12:47

Dam olish kunlari havo harorati pasayib, yomg‘ir yog‘adi

Dam olish kunlari O‘zbekistonga nam va sovuq havo massasi kirib keladi. Harorat kechasi +5…+10, kunduzi +13…+18 darajagacha pasayadi. Shanba kuni respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi. Joylarda shamol tezligi kuchayishi mumkin.

Ish haftasi juda iliq bo‘ladi
13 noyabr 2023, 10:46

Ish haftasi juda iliq bo‘ladi

Bu hafta havo harorati kundan-kunga ko‘tarilib, ish haftasining yarmida kunduzi +27 darajagacha yetadi. Bunday harorat foni noyabr o‘rtalari uchun iqlim qiymatlaridan +5…+8 daraja yuqori.

Shanba, yakshanba kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
10 noyabr 2023, 11:34

Shanba, yakshanba kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shanba kunining ikkinchi yarmida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni ertalab va kechasi Farg‘ona vodiysida hamda Toshkent viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechasi +3…+8, kunduzi +13…+18 daraja bo‘ladi.

Hafta o‘rtasida havo sovib, yomg‘ir yog‘adi
6 noyabr 2023, 11:19

Hafta o‘rtasida havo sovib, yomg‘ir yog‘adi

Chorshanba kuni O‘zbekistonga nam va sovuq havo massasi kirib keladi. 8−9-noyabrda hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +13…+18, kechasi +3…+6 darajagacha pasayadi. Juma kuni havo biroz isib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
3 noyabr 2023, 10:48

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi

O‘zgidromet O‘zbekistonga yana “oltin kuz” qaytgani, dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘lishi, yog‘ingarchilik kutilmasligi, shamol esa o‘rtacha tezlikda esishini ma’lum qildi. Harorat kechalari +5…+10 daraja, kunduzi +19…+24 daraja iliq bo‘ladi.

Noyabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?
31 oktabr 2023, 12:28

Noyabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonda noyabr oyi quruq ob-havo bilan boshlanadi. Oy davomida harorat kechalari 0…+10 darajagacha, kunduzi +7…+20 darajagacha o‘zgarib turadi. Ba’zan -2 darajagacha tushishi mumkin. Yog‘ingarchilik me’yoriy, ba’zi joylarda ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting