Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab havo ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xizmati agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kechasi va ertalab respublikaning ba’zi joylarida tuman tushadi.

Havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi. Juma kunining ikkinchi yarmida havo harorat +10…+15 darajagacha, shanba va yakshanba kunlari +15…+18 darajagacha, kechasi +2…+7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi.

Poytaxtda dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1−2-dekabrda kechasi va ertalab tuman tushadi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +5…+7 daraja iliq, kunduzi 1-dekabrda +13…+15 daraja, 2−3-dekabrda +15…+17 daraja iliq bo‘ladi.