O‘zbekiston prezidenti va XXR raisining Pekindagi uchrashuvida kambag‘allikka va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida Xitoy tajribasini o‘rganish va joriy qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi. Tomonlar besh yillik Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik dasturini ham imzoladi.
Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga javob qaytargan Shavkat Mirziyoyev, Mudofaani boshqarish milliy markazi ochilgani, qurol yordamida to‘xtatilgan Malibu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot, poytaxtda portlatilgan «o‘t o‘chirgich» bo‘yicha 13 kishiga qo‘yilgan ayblov, Marokash shartnomasiga qo‘shilgan O‘zbekiston, hokimlarning kengash raisi maqomi bekor qilinmaganiga izoh bergan Senat va boshqa xabarlar «Gazeta.uz» ning 13 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
1 fevraldan boshlab 26 ta davlat tashkilot va organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting joriy qilinadi. Ro‘yxatdan 11 ta vazirlik, 4 ta davlat qo‘mitasi, 7 ta agentlik va 4 ta hokimiyat o‘rin olgan va ularning faoliyati 5 ta indikator asosida baholanadi. 1 iyuldan esa reyting barcha davlat tashkilotlarida joriy qilinadi.
Korrupsiya odamlarning rahbarlar va muassasalarga bo‘lgan ishonchini susaytiradi, tengsizlikni kuchaytiradi va barchaga zarar yetkazadi, deya ta’kidladi BMT bosh kotibi Misrda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga murojaatida. Forumda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov korrupsiyani keskin kamaytirishda biryoqlama yondashuv, jumladan, faqat o‘lim jazosini joriy qilish yoki faqat diniy ta’limni kuchaytirish bilan ish bitmasligini ta’kidladi. Vazirning fikricha, muammoni hal etish uchun kompleks yondashish, «agressiv kadr siyosatini yuritish kerak».
O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ajratilayotgan pullarni adolatli ishlatilishi uchun jamoatchilik nazorati kerakligini ta’kidladi. «Chunki korrupsiya yo‘q desak yolg‘on bo‘ladi, korrupsiya ichimizda yuribdi. Korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur», — dedi u.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalari muqobil tijorat takliflari mavjud bo‘lgani holda, 14,9 mlrd so‘mga, ya’ni 5 mlrd 643 million so‘m qimmatroqqa dori vositalari xarid qilganini aniqladi. «O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident farmoni bilan korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilganlarning ochiq elektron reyestri yuritilishi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu ro‘yxatga kiritilganlar davlat xizmatiga qabul qilinishi va davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi, tadbirkorligi davlat xaridlarida ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashishi taqiqlanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov daromad va mol-mulklarni majburiy deklaratsiya qilish tizimi nima uchun davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtoqlari va voyaga yetmagan farzandlarini qamrab olish bilan cheklanayotgani, boshqa qarindoshlari hozircha hisobga olinmayotganiga izoh berdi. U tizim nima sababdan davlat xizmatchilarining xarajatlarini hisobga olmasligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Idoraviy normativ huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartishlar kiritildi. Endilikda hujjatlar loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari yuzasidan korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha cheklist to‘ldiriladi, bir nechta idoralar faoliyatiga taalluqli NHH loyihasi esa ular o‘rtasida yagona elektron tizim orqali kelishiladi.
Noqonuniy ravishda yer uchastkalari ajratish va shahar hokimining qarorlariga qarshi chiqib kelayotgan Andijon shahar kengashi deputati Shuhratbek Karimov prokuror taklifi bilan daxlsizlik huquqidan mahrum etildi. Bunga ushbu deputat ta’sischi bo‘lgan kompaniyaga qarshi jinoiy ish sabab bo‘lgan. Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi va jamoatchilik deputatni qo‘llab-quvvatladilar. Senat komissiyasi vaziyatni o‘rganmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu hafta korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha videoselektori o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Tokio Olimpiadasiga sportchilarni tayyorlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashda ko‘maklashgan shaxslar 5,5 mln so‘mgacha bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi mumkin. Ushbu shaxslar davlat mukofotiga ham tavsiya etilishi ham mumkin. Hukumat qarori bilan rag‘batlantirish asoslari belgilandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov Markaziy bank rahbariyatida korrupsiyani oldini olishga xohish borligiga shubha bildirdi. Uning aytishicha, “komplayens nazorat” tizimi bo‘yicha o‘qitishga tijorat banklari Markaziy bank rahbariyati orqali “vaqt yo‘q” deya javob bergan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida oldin egallagan lavozimlarida uchragan korrupsiya holatlari, O‘zbekistonda korrupsiyani qo‘zg‘atuvchi omillar, qonunchilikda qanday bo‘shliqlar borligi va agentlik davlat byudjetini talon-taroj qilish holatlari bilan qanday kurashishi haqida so‘zlab berdi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting