Prezident «Yangihayot» industrial parkidagi investitsiya loyihalari bilan tanishdi. Birinchi bosqichda 110 gektar maydon auksionda sotildi, ularda oshxona jihozlari, qandolat va to‘qimachilik mahsulotlari, santexnika tovarlari, metall buyumlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, natijada 20 ming ish o‘rni yaratiladi.
Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzakov o‘tkazgan yig‘ilishda investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyati ko‘rsatkichlari bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hokim o‘rinbosarlariga choralar ko‘rildi. Bo‘zatov tumani va Zarafshon shahri hokimlarining o‘rinbosarlari ishdan olinib, yana 19 nafar o‘rinbosarga hayfsan berildi.
Shveysariya kompaniyasi Davlat ekologiya qo‘mitasiga elektroliz orqali suvni 99,99% gacha viruslar, shu jumladan COVID-19, bakteriyalar va boshqalardan tozalaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha taklif berdi. Ekoqo‘mita hamkorlik imkoniyatlarini tegishli vazirlik va idoralar bilan ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.
Jahonda sodir bo‘layotgan voqealar fonida ba’zi eksportchilar boshqa logistika koridorlaridan foydalanishga majbur bo‘lganligi sababli ularning transport-logistika xarajatlari oshdi, dedi ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov. Shundan kelib chiqib, Eksportni rag‘batlantirish agentligi transport xarajatlari uchun kompensatsiya miqdorini oshiradi, qolaversa, O‘zbekiston boshqa davlatlar bilan ham yuk tashish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Qozog‘iston bilan shakar va bug‘doyni temir yo‘l orqali tashishni 30 foizgacha arzonlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
2021 yilda O‘zbekistonga dunyoning 50 dan ziyod mamlakatidan jami 11,1 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyalar kiritildi. Strategik rivojlanish agentligi rahbari o‘rinbosari Aleksey Sim o‘zbek iqtisodiyotiga eng ko‘p investitsiya kiritgan davlatlar beshligini ma’lum qildi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2021-yilda O‘zbekistonga 22 ta loyiha orqali 690 mln dollarga yaqin investitsiya mablag‘larini yo‘naltirdi. Shuningdek, hozirgi kungacha bank O‘zbekistonga jami 2,85 mlrd yevrodan ortiq sarmoya kiritgan.
Ko‘pchilik o‘zbekistonliklarning nima sababdan daromadlar bu qadar sekin o‘sib borayotgani haqidagi mulohazalari asoslidir. Yaqin kelajakda daromadlar oshadimi, degan savol esa bundan ham dolzarbroq masala. Xususiy mulk hokimiyatning o‘zboshimchaliklaridan to‘liq himoyalanmas ekan, investorlar ishonch bildirmaydi, deya ta’kidlaydi iqtisodchi Behzod Hoshimov.
Xitoy kompaniyasi Farg‘ona viloyatida 25 gektar maydonda innovatsion texnopark hamda 350 mln dollar investitsiya hisobiga 500 gektar yerda quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etishni rejalashtirmoqda. Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi texnoparkda joylashtiriladigan xorijiy korxonalarni ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Shavkat Mirziyoyev kelgusi yildan mahallalar ehtiyojlarini inobatga olgan holda investitsiya dasturlari ishlab chiqilishini, bunga esa hokim yordamchilari mas’ul bo‘lishini ma’lum qildi. «Bundan buyon investitsiya dasturlarini hokimlarning o‘zi mahallabay tamoyili asosida ishlab chiqadi. Ya’ni, dastur vazirlikda emas, balki mahalladan boshlab shakllanadi», — dedi davlat rahbari.
2021−2023 yillarda Toshkentda 10,7 mlrd dollarlik 1390 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish, 98 mingga yaqin ish o‘rinlarini ochish rejalashtirilmoqda. Jumladan, joriy yilda 4,1 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish hamda 27016 ta ish o‘rnini ochish mo‘ljallangan.
Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumida O‘zbekiston hududlarida 12 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida bitimlar imzolanib, shuningdek, yana 76 ta investitsion loyihalar amalga oshirilishiga kelishildi.
Janubiy Koreyaning Hanshin Engineering & Construction kompaniyasi O‘zbekistonda uchta loyihani amalga oshirish ustida ishlamoqda. Ularga qiymati 800 mln dollar bo‘lgan golf kompleksi, Kokan city majmuasi va qo‘shma loyiha instituti kiradi.
Farg‘ona viloyatidagi 76 ta sektorning har birida iqtisodiy kompleksning boshqaruv ofislari tashkil etiladi. 2021−2022 yillarda 949 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Cho‘l joylar, yaylov va adirliklarda 33 ming gektar yer o‘zlashtiriladi. Bundan tashqari, 16 ta oilaviy shifokorlik punkti va oilaviy poliklinikalarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.
10 ta yirik tijorat banki tomonidan umumiy qiymati 1,5 mlrd dollar bo‘lgan loyihalar taqdim etildi. Asaka banki ishtirokida Toshkent shahrining «Eski shahar» hududida savdo shaharchasi barpo etilishi, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan esa «Urgut» da umumiy qiymati 100 mln dollardan ortiq loyihani amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
«O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Mansur Hoshimov rossiyalik investorlarga «Foton»ning 85,15 foiz aksiyalar paketini taklif qildi. Shuningdek, u O‘zbekistonda elektronika va elektrotexnika sohasida rivojlanish strategiyasini birgalikda ishlab chiqish, telekom-uskunalar, maishiy va sanoat robotlarini yaratishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish taklifini ilgari surdi.
AQSH Davlat departamenti hisobotida keltirilishicha, O‘zbekistondagi investitsiya muhitga davlat monopoliyalarining ustunligi, davlat xaridlarida shaffoflikning yo‘qligi va davlat korxonalari tomonidan shartnoma majburiyatlarining izchil bajarilmasligi salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston umumiy hajmi 4,8 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar jalb qildi, bundan 3,2 mlrd dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga to‘g‘ri keldi. Investitsiyalar kiritish bo‘yicha Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya yetakchilik qildi. Iqtisodchi Behzod Xoshimov to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi XVJ prognozidan 4,2 barobar yuqori bo‘lganiga e’tibor qaratdi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting