«investitsiya» tegli maqolalar


YeTTB 2021-yilda O‘zbekistonga jami 690 mln dollar investitsiya kiritdi
30 yanvar 2022, 12:10

YeTTB 2021-yilda O‘zbekistonga jami 690 mln dollar investitsiya kiritdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2021-yilda O‘zbekistonga 22 ta loyiha orqali 690 mln dollarga yaqin investitsiya mablag‘larini yo‘naltirdi. Shuningdek, hozirgi kungacha bank O‘zbekistonga jami 2,85 mlrd yevrodan ortiq sarmoya kiritgan.

Xususiy mulkning himoyalanmaganligi — qashshoqligimiz sabablaridan biridir
18 dekabr 2021, 16:34

Xususiy mulkning himoyalanmaganligi — qashshoqligimiz sabablaridan biridir

Ko‘pchilik o‘zbekistonliklarning nima sababdan daromadlar bu qadar sekin o‘sib borayotgani haqidagi mulohazalari asoslidir. Yaqin kelajakda daromadlar oshadimi, degan savol esa bundan ham dolzarbroq masala. Xususiy mulk hokimiyatning o‘zboshimchaliklaridan to‘liq himoyalanmas ekan, investorlar ishonch bildirmaydi, deya ta’kidlaydi iqtisodchi Behzod Hoshimov.

Xitoy kompaniyasi Farg‘onada texnopark va quyosh elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda
7 dekabr 2021, 17:43

Xitoy kompaniyasi Farg‘onada texnopark va quyosh elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda

Xitoy kompaniyasi Farg‘ona viloyatida 25 gektar maydonda innovatsion texnopark hamda 350 mln dollar investitsiya hisobiga 500 gektar yerda quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etishni rejalashtirmoqda. Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi texnoparkda joylashtiriladigan xorijiy korxonalarni ta’minlashga yo‘naltiriladi.

«Investitsiya dasturi vazirlikda emas, balki mahalladan boshlab shakllanadi» — prezident
15 noyabr 2021, 18:44

«Investitsiya dasturi vazirlikda emas, balki mahalladan boshlab shakllanadi» — prezident

Shavkat Mirziyoyev kelgusi yildan mahallalar ehtiyojlarini inobatga olgan holda investitsiya dasturlari ishlab chiqilishini, bunga esa hokim yordamchilari mas’ul bo‘lishini ma’lum qildi. «Bundan buyon investitsiya dasturlarini hokimlarning o‘zi mahallabay tamoyili asosida ishlab chiqadi. Ya’ni, dastur vazirlikda emas, balki mahalladan boshlab shakllanadi», — dedi davlat rahbari.

2021 yilda Toshkentda 4,1 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda
13 aprel 2021, 13:39

2021 yilda Toshkentda 4,1 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda

2021−2023 yillarda Toshkentda 10,7 mlrd dollarlik 1390 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish, 98 mingga yaqin ish o‘rinlarini ochish rejalashtirilmoqda. Jumladan, joriy yilda 4,1 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish hamda 27016 ta ish o‘rnini ochish mo‘ljallangan.

Vengriya O‘zbekistonda 12 ta investitsiya loyihalarini amalga oshiradi
18 fevral 2021, 16:12

Vengriya O‘zbekistonda 12 ta investitsiya loyihalarini amalga oshiradi

Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumida O‘zbekiston hududlarida 12 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida bitimlar imzolanib, shuningdek, yana 76 ta investitsion loyihalar amalga oshirilishiga kelishildi.

Janubiy Koreya kompaniyasi O‘zbekistonda uchta yirik loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda
10 fevral 2021, 15:41

Janubiy Koreya kompaniyasi O‘zbekistonda uchta yirik loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Janubiy Koreyaning Hanshin Engineering & Construction kompaniyasi O‘zbekistonda uchta loyihani amalga oshirish ustida ishlamoqda. Ularga qiymati 800 mln dollar bo‘lgan golf kompleksi, Kokan city majmuasi va qo‘shma loyiha instituti kiradi.

Farg‘ona viloyatida 17 trln so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
5 fevral 2021, 17:15

Farg‘ona viloyatida 17 trln so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Farg‘ona viloyatidagi 76 ta sektorning har birida iqtisodiy kompleksning boshqaruv ofislari tashkil etiladi. 2021−2022 yillarda 949 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Cho‘l joylar, yaylov va adirliklarda 33 ming gektar yer o‘zlashtiriladi. Bundan tashqari, 16 ta oilaviy shifokorlik punkti va oilaviy poliklinikalarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Toshkentning «Eski shahar» hududida Milliy savdo shaharchasi barpo etiladi
2 fevral 2021, 10:29

Toshkentning «Eski shahar» hududida Milliy savdo shaharchasi barpo etiladi

10 ta yirik tijorat banki tomonidan umumiy qiymati 1,5 mlrd dollar bo‘lgan loyihalar taqdim etildi. Asaka banki ishtirokida Toshkent shahrining «Eski shahar» hududida savdo shaharchasi barpo etilishi, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan esa «Urgut» da umumiy qiymati 100 mln dollardan ortiq loyihani amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

«O‘zeltexsanoat» «Foton»ning davlat aksiyalari paketini Rossiya investorlariga taklif qildi
11 dekabr 2020, 11:27

«O‘zeltexsanoat» «Foton»ning davlat aksiyalari paketini Rossiya investorlariga taklif qildi

«O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Mansur Hoshimov rossiyalik investorlarga «Foton»ning 85,15 foiz aksiyalar paketini taklif qildi. Shuningdek, u O‘zbekistonda elektronika va elektrotexnika sohasida rivojlanish strategiyasini birgalikda ishlab chiqish, telekom-uskunalar, maishiy va sanoat robotlarini yaratishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish taklifini ilgari surdi.

AQSH Davlat departamenti — O‘zbekistonning sarmoyaviy muhiti to‘g‘risida
10 sentabr 2020, 17:49

AQSH Davlat departamenti — O‘zbekistonning sarmoyaviy muhiti to‘g‘risida

AQSH Davlat departamenti hisobotida keltirilishicha, O‘zbekistondagi investitsiya muhitga davlat monopoliyalarining ustunligi, davlat xaridlarida shaffoflikning yo‘qligi va davlat korxonalari tomonidan shartnoma majburiyatlarining izchil bajarilmasligi salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga 4,8 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar kiritilgan
22 iyul 2020, 10:53

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga 4,8 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar kiritilgan

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston umumiy hajmi 4,8 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar jalb qildi, bundan 3,2 mlrd dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga to‘g‘ri keldi. Investitsiyalar kiritish bo‘yicha Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya yetakchilik qildi. Iqtisodchi Behzod Xoshimov to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi XVJ prognozidan 4,2 barobar yuqori bo‘lganiga e’tibor qaratdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting