Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Unda Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston rahbariga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg‘a qildi.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni 65 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi. Suhbat chog‘ida prezident Serdar Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va saylangan prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqotda, jumladan, ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.
Turkmaniston prezidentining o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov (39 yosh) mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida nomzod sifatida qatnashadi. Uning nomzodi Gurbanguli Berdimuhamedov raislik qiluvchi «Turkmaniston demokratik partiyasi» nomidan ko‘rsatilgan.
Turkmanistonda navbatdan tashqari prezident saylovlari 12 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Xalq Maslahati yig‘ilishida nutq so‘zlab, davlat boshqaruvi yosh rahbarlarga berilishi kerakligini ta’kidladi. Uning o‘zi esa Xalq Maslahati raisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqchi.
Turkmaniston prezidenti 50 yildan ko‘proq vaqtdan beri yonib turgan «Do‘zax darvozasi» gaz kraterini so‘ndirishni buyurdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida qatnashish uchun Ashxobod shahriga bordi. Uni aeroportda Turkmaniston prezidenti kutib oldi. Ikki davlat rahbarlari sammit oldidan muzokara o‘tkazdi.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi doirasida mamlakatlar avtomobillar va elektrotexnika yig‘ish hamda turizm sohasida klasterlar tuzish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishishdi. Turkmaniston tomoni 300 mln dollarga o‘zbek tovarlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda va «Turkmanboshi» dengiz porti infratuzilmasini taklif qilmoqda.
Turkmaniston davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov prezident Shavkat Mirziyoyevning maslahatlari va tavsiyalari mamlakatda paxta yetishtirish hajmlarini sezilarli darajada oshirishga yordam berganligini ta’kidladi. U hamkasbining boshqa xususiyatlarini ham e’tirof etdi.
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Afg‘oniston xalqiga yordam berishda davom ettishlarini ta’kidlashdi. Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, u transmilliy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish rejalari haqida ham ma’lum qildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston mintaqaviy va xalqaro masalalarda bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi, chunki mamlakatlarning maqsadlari hamohang. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tor doiradagi uchrashuvda aytildi.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan Toshkentga yetib keldi. Aeroportda uni prezident Shavkat Mirziyoyev shaxsan kutib oldi. Ertaga ikkala davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4−5 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yaqin orada O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Uchrashuv doirasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 avgust kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Davlat rahbarlari transport-logistika, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni muhokama qildilar.
Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali suhbati bo‘lib o‘tdi. Yetakchilar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi Turkmanistonda bo‘lib o‘tishini hamda Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyatni muhoqama qildilar.
O‘zbekiston prezidenti payshanba kuni Ashxobodda Turkmaniston prezidentining otasi — Malikguli Berdimuhamedov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan iftorlikda ishtirok etdi. U aprel oyi o‘rtalarida vafot etgan edi.
Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari uchrashdi. Uchrashuvda Xalqaro transport va tranzit yo‘lagini yaratish to‘g‘risidagi Ashxobod bitimini bundan buyon ham birgalikda ilgari surish ta’kidlandi.
Prezident aprel oyining so‘nggi haftasida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazadi. Uning matbuot kotibi ma’lum qilishicha, yana 3 ta taqdimot o‘tkazilishi hamda Xitoy Raisi Si Szinpin va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muloqoti ham reja qilingan.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat parlamentining Xalq maslahati (yuqori) palatasi raisi etib saylandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting