O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan Toshkentga yetib keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni prezident Shavkat Mirziyoyev shaxsan kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston prezidenti hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining muzokaralari ertaga, 5 oktabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.