Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4−5 oktabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda 1 oktabr kuni mamlakat hukumati yig‘ilishida ma’lum qilindi, deb xabar berdi «Turkmenistan segodnya» axborot agentligi.

Tashrif doirasida bir qator tadbirlar, jumladan, Turkmaniston-O‘zbekiston iqtisodiy forumi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Turkmaniston rahbari o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalarini o‘rnatish uchun ta’sirchan ko‘p qirrali salohiyat mavjudligini ta’kidladi. Shu nuqtai nazardan, har ikki mamlakatning hududlar darajasida ishlab chiqarish aloqalarini mustahkamlash uchun yaxshi istiqbollar mavjud, deyiladi xabarda.