«dxa» tegli maqolalar


Ishtixon tuman DXM katta mutaxassisi pora olayotganda ushlandi
24 mart 2022, 10:45

Ishtixon tuman DXM katta mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Ishtixon tuman Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi tadbirkorga ajratilgan yer hujjatlarini qayta rasmiylashtirib berish uchun 12 ming dollar so‘ragani ma’lum qilindi. Gumonlanuvchi shundan 6 ming dollarini tanishi orqali olgan vaqtida ushlangan.

“Prava”ni almashtirish vaqtincha to‘xtatildi, ularni yangilash muddati 2023-yil oxirigacha uzaytirilishi mumkin
18 mart 2022, 10:07

“Prava"ni almashtirish vaqtincha to‘xtatildi, ularni yangilash muddati 2023-yil oxirigacha uzaytirilishi mumkin

19-martdan boshlab Davlat xizmatlari markazlarida eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati vaqtincha to‘xtatildi. Davlat xizmatlari agentligi buni texnik va profilaktika choralari bilan izohladi. Bundan tashqari, eski guvohnomalarni yangisiga almashtirish muddatini 2023-yil oxirigacha uzaytirish rejalashtirilmoqda.

DXA tugatilib, Adliya vazirligi tarkibidagi boshqarma sifatida qayta tashkil etilishi mumkin
14 fevral 2022, 16:24

DXA tugatilib, Adliya vazirligi tarkibidagi boshqarma sifatida qayta tashkil etilishi mumkin

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tugatilib, vazirlik tarkibida alohida boshqarma sifatida qayta tashkil etilishi mumkin. Ruslanbek Davletov vazirlik tegishli takliflarni ishlab chiqayotganini aytdi. «Bu prezidentimizning g‘oyasi… Bu sohani o‘zgartirishni prezident hal qiladi», — dedi vazir. DXMlar orqali hozirgi kunda 170 turdagi davlat xizmati ko‘rsatilmoqda, shundan 120 tasi pullik. 4 yildan ko‘proq vaqt ichida agentlik xizmatlari bo‘yicha jami 40 mlnga yaqin murojaat kelib tushgan.

Endi yo‘qolgan ashyolar bo‘yicha xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari ko‘rsatadi
20 yanvar 2022, 15:36

Endi yo‘qolgan ashyolar bo‘yicha xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari ko‘rsatadi

Hukumat qarori bilan IIV tizimidagi «Topilmalar stoli» faoliyati tugatiladi, uning o‘rniga topilmalarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish bo‘yicha xizmatlar DXM tomonidan ko‘rsatiladi. Topilmalar 6 oygacha saqlanadi, agar bu vaqt ichida egasi aniqlanmasa, ashyo davlat mulkiga o‘tadi va auksionda sotib yuboriladi.

«Avtomobil tarixi»da transportda sodir etilgan huquqbuzarliklar ham aks etishi mumkin
6 dekabr 2021, 13:55

«Avtomobil tarixi»da transportda sodir etilgan huquqbuzarliklar ham aks etishi mumkin

«Avtomobil tarixi» bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga oid hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, endilikda avtomobilning tarixida nafaqat unga tegishli umumiy ma’lumotlar balki, unda sodir etilgan huquqbuzarlik va YTHlar, taqiq mavjud yoki yo‘qligi kabi axborotlar aks etadi.

10 oyda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 191 mingdan ortiq holatda qonun buzilgan — DXA
12 noyabr 2021, 16:16

10 oyda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 191 mingdan ortiq holatda qonun buzilgan — DXA

10 oyda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 191 mingdan ortiq qonunbuzilish holati aniqlandi. «O‘zsuvta’minot», «Hududgazta’minot», Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi qonun buzar takshilotlar top-5taligidan o‘rin olgan. Natijada 2556 nafar mansabdor jarimaga tortildi, 64 nafari esa ishdan bo‘shatildi.

Buxoroda davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini buzgan 197 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi
4 noyabr 2021, 13:13

Buxoroda davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini buzgan 197 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

Buxoroda 10 oy ichida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 9 mingdan ortiq qonun buzilish holatlari aniqlandi. Xizmat muddatini buzgan, ortiqcha hujjat talab qilgan va murojaatni asossiz rad etgan 197 nafar mansabdor jarimaga, yana 8 nafari esa intizomiy javobgarlikka tortildi.

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirilishi mumkin
29 sentabr 2021, 20:27

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirilishi mumkin

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari va «texpasport"larni yangilariga o‘zgartirish muddatini 2022 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirish taklif qilinmoqda. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Apostilni elektron tarzda olish va tekshirish imkoniyati yaratiladi
19 avgust 2021, 15:02

Apostilni elektron tarzda olish va tekshirish imkoniyati yaratiladi

Apostilni elektron tarzda olish va tekshirish imkoniyatini yaratishga oid Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, apostil qo‘yishning yagona tizimini yaratish taklif etilmoqda. Yangi tartib bilan xizmatdan onlayn foydalanish imkoniyati yaratiladi, ortiqcha vaqt va mablag‘ tejaladi. Qolaversa, apostilning haqiqiyligini onlayn tekshirib olish mumkin bo‘ladi.

Yarim yilda 1272 nafar o‘zbekistonlik qiz xorijliklarga turmushga chiqqan
17 avgust 2021, 16:36

Yarim yilda 1272 nafar o‘zbekistonlik qiz xorijliklarga turmushga chiqqan

Joriy yil boshidan beri mamlakatda jami 143 555 ta nikoh qayd etildi. Shundan 1272 tasida o‘zbekistonlik qizlar xorijliklarga turmushga chiqqan. Ularning 207 nafari Rossiya, 148 nafari Qozog‘iston, 106 nafari Turkiya, 42 nafari Koreya Respublikasi, 13 nafari AQSh va boshqa mamlakatlar fuqarolari bilan oila qurgan.

1 yanvardan ID-karta va xorijga chiqish pasporti DXM orqali ham beriladi
26 iyul 2021, 16:55

1 yanvardan ID-karta va xorijga chiqish pasporti DXM orqali ham beriladi

Prezident farmoni bilan 1 yanvardan fuqarolarga ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini berish DXM orqali ham amalga oshiriladi, qolaversa, pasport uchun to‘lov narxi BHMning 1,2 baravaridan 1 baravarigacha arzonlashtiriladi. Bundan tashqari, bosqichma-bosqich 87 turdagi yangi davlat xizmatlari joriy etiladi, 59 ta xizmatning ko‘rsatish muddati esa qisqartiriladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati kechiksa — to‘lovning 50 foizi qaytariladi
26 iyul 2021, 13:32

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati kechiksa — to‘lovning 50 foizi qaytariladi

1 noyabrdan Davlat xizmatlari markazlari, «Litsenziya» axborot tizimi hamda YAIDXP orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, xizmat uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi 1 ish kunida qaytariladi.

Endi xorijdagi o‘zbekistonliklar davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanishi mumkin
25 iyul 2021, 10:43

Endi xorijdagi o‘zbekistonliklar davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanishi mumkin

Xorij mamlakatlarida doimiy istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish imkoniyati yaratiladi. Ular davlat boji va boshqa to‘lovlarni chet el valyutasida xalqaro to‘lov tizimlari orqali to‘laydi.

1 yanvardan xorijga chiqish pasporti uchun to‘lov arzonlashtiriladi
25 iyul 2021, 10:15

1 yanvardan xorijga chiqish pasporti uchun to‘lov arzonlashtiriladi

Prezident farmoni bilan 1 yanvardan xorijga chiqish pasporti, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida yangi namunadagi guvohnoma, advokatlik byuro, firma va hay’atlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdorlari arzonlashtiriladi. Xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish xizmati esa bepul bo‘ladi.

2022 yildan aholi va tadbirkorlardan 15 turdagi hujjat va ma’lumotlarni so‘rash tartibi bekor qilinadi
25 iyul 2021, 07:06

2022 yildan aholi va tadbirkorlardan 15 turdagi hujjat va ma’lumotlarni so‘rash tartibi bekor qilinadi

1 yanvardan boshlab davlat organlari tomonidan moliyaviy hisobotlar nusxalari, jismoniy shaxslarning so‘nggi 12 oydagi ish haqi to‘g‘risidagi, tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tganligi, davlat boji, yig‘imlar va aliment to‘langanligi, kam ta’minlanganlik va fuqaroning «Yoshlar daftari» yoki «Ayollar daftari»ga kiritilganligi haqidagi jami 15 turdagi ma’lumotlarni so‘rash tartibi bekor qilinadi. Ushbu ma’lumotlar «Elektron hukumat» platformasi orqali onlayn olinadi.

Chaqaloqlarni ro‘yxatdan o‘tkazmagani uchun Toshkentdagi tug‘ruqxonalarning 14 nafar mansabdori jarimaga tortildi
27 fevral 2021, 09:49

Chaqaloqlarni ro‘yxatdan o‘tkazmagani uchun Toshkentdagi tug‘ruqxonalarning 14 nafar mansabdori jarimaga tortildi

Poytaxtdagi tug‘ruqxonalarda 703 nafar chaqaloqning tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomalarini FHDYOga yubormaslik holatlari aniqlandi. Qolaversa, 888 nafar bola muddatidan kechikib, ro‘yxatdan o‘tkazilgan, deyiladi DXA xabarida. Natijada o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan 14 nafar mansabdor jarimaga tortildi.

Kommunal tashkilotlar faoliyatida 20 mingga yaqin qonunbuzarlik aniqlandi
19 yanvar 2021, 14:47

Kommunal tashkilotlar faoliyatida 20 mingga yaqin qonunbuzarlik aniqlandi

Ichimlik va issiq suv tarmoqlariga ulanish hamda hisoblagichlarni qiyoslash xizmatlarini ko‘rsatishda kommunal tashkilotlar tomonidan 20 mingga yaqin qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Aksariyat qonunbuzarliklar Toshkent, Xorazm, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. DXA kommunal tashkilotlarni ogohlantirdi.

DXAning 57 nafar xodimida koronavirus aniqlangan
29 iyul 2020, 17:37

DXAning 57 nafar xodimida koronavirus aniqlangan

Davlat xizmatlari agentligining 57 nafar xodimi koronavirus infeksiyasiga chalingani, ulardan birining ushbu virusdan vafot etgani ma’lum qilindi. Agentlik fuqarolarni elektron xizmatlardan foydalanishga chaqirdi.

FHDYO organlarida blokcheyn tizimi qo‘llaniladi
24 iyul 2020, 10:23

FHDYO organlarida blokcheyn tizimi qo‘llaniladi

Davlat xizmatlari agentligi 2020 yilning yakuniga qadar «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) yagona elektron arxivi» axborot tizimini blokcheyn texnologiyasiga o‘tkazadi. Bu tizim axborot xavfsizligi va shaffofligini ta’minlashi hamda firibgarliklar oldini olishga yordam berishi aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting