oktabr oyi holatiga davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan jami 9090 ta qonun buzish holatlari sodir etilgani aniqlandi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga Davlat xizmatlari agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shundan davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlarini buzish — 3298 ta, fuqarolardan ortiqcha hujjat talab qilish — 277 ta, to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat xizmatlari ko‘rsatish — 766 ta, murojaatni asossiz rad etish — 147 ta hamda boshqa turdagi qonun buzilish holatlari — 4594 tani tashkil etgan.

Misol tariqasida fuqaroga «Agrobank» Vobkent tuman filiali tomonidan kredit bo‘yicha qarzdorlik mavjud yoki yo‘qligi haqidagi xulosani berish kechiktirilgani aytilmoqda.

«Fuqaro S.Tursunova ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishni so‘rab davlat xizmatlari markaziga qilgan murojaati belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun komissiya a’zolariga yuborilgan. ATB „Agrobank“ Vobkent tuman filiali tomonidan tegishli xulosa 13 ish kuni kechiktirilib berilgan. Vaholanki, tijorat banklari mazkur xulosani 10 ish kunida berishi belgilangan», — deydi DXA viloyat boshqarmasi bosh mutahassisi Sanjar Rahmatullayev.

Mazkur holatlar yuzasidan 197 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 265 ta ogohnoma va 42 ta taqdimnoma kiritilgan.

197 nafar mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka, 8 nafari esa intizomiy javobgarlikka tortilgan.