Toshkent shahrida IIV tergovchisi va profilaktika inspektori pora olayotgan vaqtlarida qo‘lga olingani aytilmoqda.

«Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar Toshkent shahar IIBB shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda aniqlangan.

5 mart kuni Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi TB tergovchisi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha bir shaxsga chora ko‘rmaslik evaziga talab qilingan 5000 AQSh dollaridan 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

8 mart kuni Mirobod tumani IIO FMB 4-son IIB profilaktika inspektori huquqbuzarlik sodir etgan ayolga holatini rasmiylashtirmaslik evaziga 500 AQSh dollari talab qilib, dastlab 6 mart kuni 200 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan va qolgan 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Har ikkala holat buyicha Jinot kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.