Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXX Samarqand viloyatida noqonuniy yer sotishga oid tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, tumandagi fermer xo‘jaligi rahbari J.T. xo‘jalikning sug‘oriladigan yer maydonining 1 gektarini fuqaro D. ga sotishga kelishgani aytilmoqda.

Fermer tanishlari yordamida yer maydonida issiqxona qurish uchun hujjatlarni tayyorlab bera olishiga ishontirgan va buning evaziga 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xo‘jalik rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 229−6-moddasi (sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.