Bandlik vaziri Behzod Musayevning ta’kidlashicha, mamlakatda mehnatga layoqatli aholining 1,3 mln nafari ishsiz. 2022 yilda qashshoqlik darajasi 17 foizdan 14,1 foizga tushgan, 2023 yilda bu ko‘rsatkichni 12 foizgacha kamaytirish kutilmoqda. Iqtisodchi hamda bloger esa vazirning bayonotiga ishonchsizlik bildirdi.
30 dekabrda lavozimga tayinlangan sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Yangi yilga o‘tar kechasi poytaxtdagi davolash muassasalariga bordi va shunday dedi: «Shifoxonalardagi muammolarni kabinetda o‘tirib hal qilib bo‘lmaydi». Inoyatovdan oldingi vazir Behzod Musayev ham faoliyatini shunday boshlagandi.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev «Dok-1 Maks» siropini qabul qilgan bolalar o‘limi haqidagi ma’lumotlar vazirlikdan yashirilganini aytdi. U 18 nafar bolaning ota-onasiga hamdardlik bildirib, uzr so‘radi.
Senatda Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov 2021 yilda sog‘liqni saqlash tizimi eng korrupsiyalashgan soha bo‘lganini ma’lum qildi. SSV rahbari esa buni «katta raqamlar ortidan quvish» deb atadi va sudda o‘z tasdig‘ini topganini shubha ostiga oldi. Tanzila Narbayeva bahsga aralashishga majbur bo‘ldi.
SSV vaziri Behzod Musayev diplom va malakasi yo‘q shaxs yosh bolani qiynab, massaj qilgan holatga munosabat bildirdi. Vazir ota-onalardan «ruxsatnoma va malakaga ega bo‘lmagan kimsalarga farzandlarining taqdiri va salomatligini ishonib topshirmasliklarini» so‘radi.
Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga nima sababdan tibbiyot xodimlari orasidan emas, balki iqtisodchi Behzod Musayev tayinlanganiga izoh berdi. «Tibbiyotchilar juda ko‘p ishladi. Transformatsiya jarayoni ketyapti. Biz sohadagi hisob-kitobni joyiga qo‘yishimiz kerak… Iqtisodiyotni va hisob-kitobni bilganni vazir qildim», — dedi u.
2021 yilda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun davlat budjetidan jami 4,2 trln so‘m mablag‘ ajratilgan. SSV 2021 yilning birinchi yarim yilligidagi mablag‘lar nimaga sarflanganini ochiqlamagan. Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligi hisobotlarida ham bu ma’lumotlar o‘z aksini topmagan. Shundan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayevga parlament so‘rovi yubordi.
JSST va Butunjahon qandli diabet jamg‘armasi O‘zbekiston va Qirg‘izistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, jumladan qandli diabetning oldini olish va nazorat qilish xizmatlaridan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha loyihani amalga oshirmoqda. O‘zbekistonda 245 mingdan ortiq qandli diabet bilan kasallangan bemor bor.
Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Behzod Musayev tunda poytaxt shifoxonalarida bo‘lib, bolalar o‘rtasida o‘tkir respirator infeksiyalar bilan kasallanish holatini o‘rgandi. Keyin u ertalab soat 4:30 da yig‘ilish o‘tkazdi, shundan so‘ng 600 dan ziyod qo‘shimcha o‘rin-joylar tashkil etildi.
O‘zining birinchi buyrug‘i bilan yangi sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev avvalgi vazir Abduxakim Xadjibayevning buyrug‘i bilan qo‘llanilgan barcha intizomiy jazo choralarini bekor qildi.
Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavomizda ishlab kelgan Abduxakim Xadjibayev O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga o‘tishi kutilmoqda.
Deputatlar sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga Behzod Musayev nomzodini ma’qulladilar. Hozirda u bosh vazirning ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi.
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev O‘zbekistonda yil yakuniga qadar 80 foiz aholi koronavirusga qarshi emlanishini ma’lum qildi. U O‘zbekiston jahonda vaksinalash jarayoni bo‘yicha juda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan mamlakatlar orasida ekanligini ta’kidladi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 18 oktabr holatiga rejadagi aholi qismining 27,57 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.
7 iyul kuni Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev ham koronavirusga qarshi emlandi.
Koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadiganlar ro‘yxatida bo‘lgan shaxslar vaksinatsiya jarayonidan voz kechsa, ularga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmaydi. «Faqatgina emlashning afzalligi tushuntiriladi. Lekin emlanish niyatida bo‘lmagan odamga ish faoliyatida hech qanday ta’sir choralari ko‘rilmaydi», — dedi bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting