Bugun, 7 iyul kuni Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev ham koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin «Sputnik V» vaksinasini olganligi, innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov esa xitoy-o‘zbek vaksinasining sinovida ishtirok etgani, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov xitoy-o‘zbek vaksinasi olgani haqida xabar berilgan.

Shuningdek, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov ham koronavirusga qarshi emlangani haqida xabar berilgan edi.